35
Potensial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda
rivojlanuvchi marketing
turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga
aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash
kerak, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak.
Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga
aylantiruvchidir.
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan
hodisa. Bu holatda
remarketing
dan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi
talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni
jonlantirishdir.
Talab o‘zgarib turadi, talabni barqarorlashtirish kerak. Bu holatda
sinxromarketing
turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi
talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi.
Bunday talab mavsumiy va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning
natijasida tovar taklifi talabga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun
sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif me’yorini tekislashdan iborat.
Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir
maromda bo‘lishiga erishish kerak. Bu sharoitda
qo‘llab-quvvatlovchi
marketing turidan foydalaniladi. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing - tovar va
xizmatlar assortimentini to‘ldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali
mavjud bo‘lgan talab va ehtiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beradi.
Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda
demarketing
turidan foydalaniladi. Demarketing maqsadi narxni ko‘tarish,
servisni qisqartirish yo‘li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga
pasaytirishdan iborat.
Nosog‘lom talab sog‘liq uchun zararli tovarlarga nisbatan paydo
bo‘ladi. Bunda
Dostları ilə paylaş: