43
3.3-rasm. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida marketing
axborotini roli
Marketing borasida qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizimga
bo‘lgan zaruratning kelgusida ham ortib borishi tabiiydir. Chunki, axborot
ko‘lami va miqdorning nihoyat ko‘pligi va uni boshqarishga sarflanadigan
vaqtni tejash muhim ahamiyatga ega. Modellar banki vositasida esa axborotni
qayta ishlash va qaror qabul qilishda nisbatan kam xatoga yo‘l qo‘yiladi.
3.2. Axborot turlari va ularni turkumlash
Marketing tadqiqoti uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlar
ko‘lami juda keng bo‘lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda
ulardan foydalanishni talab etadi. Dastlabki tasavvurga ko‘ra bozor, xaridor,
raqobatchi va mahsulot xususidagi barcha axborotni kerakli shaklga jamlash
va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish ko‘rish samarali hisoblanadi.
3.4-rasm. Marketing axborotlari turlari
Marketing xususidagi to‘plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va
ikkilamchi turlarga bo‘lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad
uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi.
Ikkilamchi ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig‘ilgan,
qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va
h.k.) mavjud axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni to‘plash manbalari
tegishli tashkilotlarga taalluqli bo‘lish yoki bo‘lmasligiga ko‘ra, o‘z
navbatida ichki va tashqi turlarga bo‘linadi.
Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy
buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko‘rsatkichlar
kiradi. Jumladan, foyda va zararlar, oldi-sotdi, tovarlar zaxiralari,
iste’molchilar ko‘lami va joylashuvi, narx hisob-kitoblari va h.k. Boshqacha
Dostları ilə paylaş: