MARKETING AXBOROTI
Ichki
Tashqi
Birlamchi axborot
Ikkilamchi axborot
Xalqaro ommaviy
Ichki milliy ommaviy
Kelib chiqishi shaxsiy (har
xil tashkilotlarni bosma
ma’lumotlari)
44
qilib aytganda, tashkilot o‘z imkoniyatidagi hisobot va ma’lumotlarga
tayanib, mustaqil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab chiqadi. Amaliy
faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat o‘lchov birliklarida sotuvchi
hajmi, narxlarning yil davomida o‘zgarishi, xaridorlarning joylashuv xaritasi,
tovar zaxiralarining o‘zgarishi va shu kabi muhim ma’lumotlarni tashkilot
bevosita o‘zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
Tashqi ikkilamchi ma’lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki
yuritishi kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud ma’lumotlarni o‘z
ichiga oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo‘llanilishi turli davlatlari
tajribasida turlicha ahamiyatga ega. Masalan, AQSHda tashqi ikkilamchi
ma’lumotlarni umumiy jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
1. Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari.
Ushbu manbalar o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki kichik guruhga bo‘linadi.
a) Davlat muassalarining rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik
yilnomalar, sharhlar va hokazolar kiradi. «AQSH bo‘yicha qisqacha statistik
sharh», «Shahar va okruglar bo‘yicha statistik yo‘riqnoma», «Amerika
sanoati istiqbollari» sharhnomasi kabilar shular jumlasidir. «Marketing
axboroti yo‘riqnomasi» oylik maxsus nashr bo‘lib, unda marketingga oid
barcha xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi.
Ushbu turkum manbalardan aholining o‘sishi, tarkibiy demografik
siljishlari, daromadlar va narxlarning o‘zgarishi, yalpi iste’moldagi holat,
ayrim iste’mol tovarlari taklifi, sotuvchi, iste’moliga oid xabarlar va boshqa
axborotlarni olish mumkin. Ayrim shtatlar bo‘yicha esa o‘zgarishlar, qo‘shni
shtatlar bilan qiyosiy tahlil ma’lumotlari ham ushbu manbalarda aks ettiriladi.
v) Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma’lumotlari. Har bir
shtat o‘zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoqlariga)
ega bo‘lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va
ma’lumotlar tayyorlaydilar. Masalan, savdo- sanoat palatalari, maxsus sohalar
bo‘yicha (elektronika, sotish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z a’zolari uchun
axborotlarni to‘pladi va umumlashtirdi. «Amerika marketing assotsiatsiyasi»,
«Tadbirkorlikni
rivojlantirish
byurosi»,
«Chakana
savdo
milliy
assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar va boshqalar shular jumlasidandir.
2. Marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing
xizmati ko‘rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari.
Ko‘pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb
nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan
institutlar: GFK, «Marketing riserch korporeyshn of Amerika», «Simmons
market riserch byuro», «A.S. Nilsen» kabi tashkilotlarning bashoratlari, o‘z
muammo yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan tadqiqot yakunlari,
hisobotlari. Bunday ma’lumotlarning ayrimlari ommaviy tarzda barcha
45
qiziquvchilarga arzonroq ayirboshlanadi, ayrimlari esa tegishli to‘lov evaziga
maxsus bajariladi va taqdim etiladi.
Masalan, «Marketing riserch korporeyshn of Amerika» firmasi
oilalarning haftalik iste’mol mollari xaridi, iste’moli, ayrim chakana savdo
korxonalari faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. «Simmons market
riserch byuro» firmasi esa har yili televizorlar bozoridagi o‘zgarishlar, sport
tovarlari, dori-darmonlar sotuvi xususidagi axborotlarni aholining jinsi,
daromadi, yoshi bo‘yicha tabaqalanishini tahliliy ma’lumotlar shaklida
keltiradi.
3. Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo‘yicha jurnal, ro‘znoma va kitoblar.
Ushbu turkum axborot manbai juda keng bo‘lib, undagi tahliliy ma’lumotlar
tegishli tashkilotga, tadqiqotchilar guruhiga yoki alohida shaxsga taalluqli
bo‘lishi mumkin. AQSHda mashhur «Tayms» kabi ro‘znoma, «Forchun»,
«Forbs», «Garvard biznes revyu» va boshqa shu kabi jurnallar ommaviy
matbuotda marketing tadqiqotiga oid maqolalar, hisobotlarni chop etadi.
Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining amaliy jihatlarini aks ettiruvchi
risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan olinadigan ma’lumotlarni
yanada boyitadi.
4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma’lumotlariga
yillik balans hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun
yo‘riqnomalar va shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan o‘zaro raqobatda
bo‘lgan firmalar ham ko‘p foydalanadilar. Chunki, unda raqobatchi
firmalarning sotish hajmi, mahsulot, xizmat ko‘rsatish va narx siyosati
xususida zarur ma’lumotlarni olish imkoni bo‘ladi.
Ma’lumki, har bir yirik aksionerlik jamiyati va o‘ta yuqori savdo
aylanmasiga ega bo‘lgan mas’uliyati cheklangan shirkatlar yillik
hisobotlarini, prospektlarni ommaviy nashr qiladilar. So‘nggi yillarda ushbu
tashkilotlarning umumiy falsafasi, sotish siyosati, marketing xizmatlari
ma’lumotlari tabiiyki, bunday hisobotlarda o‘z aksini topmoqda. Shu sababli,
raqobatchi tashkilot yoki firmaning aksionerlari, xaridorlari, mijozlari uchun
chiqargan prospektlari, yo‘riqnomalari, hisobotlari bevosita tadqiqot uchun
manba sifatida foydalaniladi.
Axborot olish manbalari xususida fikr yuritilganda faqatgina tegishli
mamlakatda chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot,
xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning axborotlarini ham inobatga olish
lozim. Masalan, AQSHda nashr etiladigan Forchun, Forbs kabi jurnallarda
Yevropa mamlakatlari bozori xususida axborotlar, undagi o‘zgarishlar,
siljishlar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Bu esa o‘z navbatida, barcha
qiziquvchi va tegishli bozorga ishtiyoqmand kompaniyalar uchun axborot
manbai bo‘lib hisoblanadi.
46
Jahon iqtisodiyoti yanada shakllanayotgan va xalqaro munosabatlar
takomillashayotgan sharoitda xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar:
Xalqaro savdo tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro rivojlanish va rekonstruksiya
banki va shu kabilar o‘zlarining yillik hisobotlarini nashr qiladilar. Bunday
ma’lumotlardan xalqaro bozorda faoliyat boshlayotgan va yuritayotgan
kompaniyalar foydalanishlari mumkin. Masalan, tegishli bir davlatning tashqi
savdo balansi, eksport-import tarkibi, sanoat, qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarish hajmi va h.k. ma’lumotlar ushbu manbalardan olinishi mumkin.
Hozirgi paytda mustaqil va yangi axborot manbai bo‘lib - elektron
ma’lumot banklari, «informatsion-broker» tarzidagi kompyuter vositasida
o‘tkaziladigan ma’lumotlar tizimi shakllanmoqda. Bu ma’lumotlar
kompyuter vositasida uzatilayotgan, to‘planayotgan va saqlanayotganligi
uchun yangi tur deb sanaladi va yuqoridagilardan farq qiladi. Kompyuterlar
uchun ma’lumotlar banki ham hozirda mustaqil bozor sifatida ildam
rivojlanmoqda. Hozirgi kunga kelib dunyoda 6 000 dan ziyod ma’lumotlar
bankining turlari yaratilgan bo‘lib, so‘nggi o‘n yil davomida u qariyb 2
marotabaga ortdi. «Informatsion broker» tizimi marketing xususida barcha
axborotlarni yig‘ish, kompyuter ma’lumotlari bankiga kiritish va unga ehtiyoj
sezgan tashkilotlarga yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar
axborotlarni to‘plash bo‘yichagina emas, balki ular bankini yaratish,
kompyuter dasturlariga kiritish bo‘yicha ixtisoslashgan. Odatda, ular kichik
tashkilotlar, shaxslar uyushmasi bilan muntazam aloqada bo‘lib, kompyuter
dasturlarining imkoniyatlarini oshirish, ko‘plab iste’molchi tashkilotlar
uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan.
Mamlakatimizda axborot yig‘ish manbalari bir muncha o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatning mavjudligi, avvalo, marketing bo‘yicha
axborot olish manbalari va ushbu soha bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarning
tashkiliy bo‘ysinish xususiyatlaridan kelib chiqadi. O‘zgacha jihatdan esa,
ommaviy tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari, savdo -
sanoat palatalari marketing xususida ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha
faoliyatlarning hozirgi holati, ularni guruhlarga ajratishda alohida
yondashuvni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |