"Ommaviy madaniyat" tushunchasi



Yüklə 48,5 Kb.
səhifə1/2
tarix20.01.2023
ölçüsü48,5 Kb.
#79875
  1   2
Ommaviy madaniyat1


"Ommaviy madaniyat" tushunchasi.
Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. YA’ni kommunistik mafkura va ahloq normalaridan voz kechilgandan so‘ng, jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va ahloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo‘lishi kerak”.
Islom Karimov
Jamiyat hayotining barcha sohalari globallashib borar ekan, u albatta madaniyat sohasida birinchilar qatorida o‘zini namoyon qiladi. Shunday hodisalardan biri "ommaviy madaniyat" hisoblanadi.
Ommaviy madaniyatning paydo bo‘lishi va rivojlana boshlashi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. “Ommaviy madaniyat” an’anaviy madaniyatning ma’lum yo‘nalishi sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o‘zgarishi, hayot taqozasi asosida yuz berdi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televideniye, ko‘p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi bunga sabab bo‘ldi. Ma’naviy boyliklarni industrial tijorat ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demokratlashtirish, aholi bilim darajasi o‘sishi bilan birga uning ma’naviy ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila boshladi.
Tadqiqotchilar ommaviy madaniyatning dastlabki shakli XIX asrning 30-yillarida
adabiyotda paydo bo‘lgan va ommalashib ketgan sarguzasht janrini ko‘rsatishadi. Asr oxirida haftalik ommaviy axborot vositalari ana shunday asarlarni tinimsiz chop eta boshladilar. Vaqt o‘tishi bilan ushbu jarayonga “Yurak matbuoti” yoki “Qalb industriyasi” deb nom berdilar. Asr oxirida Amerika Qo‘shma Shtatlarida ommaviy madaniyatning komiks shakli paydo bo‘la boshladi. Bu janr boshda faqat bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bora-bora kattalar hayotining ham ajralmas qismiga aylandi. Aniqrog‘i, “Ommaviy madaniyat”ning keskin rivoji XX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va xujumkorlik bilan tarqala boshladi.
An’anaviy madaniyatda bo‘lganidek, ommaviy madaniyatning ham universal xarakteristikasi hamon mavjud emas. Buni shunday tushuntirish mumkin. Gap shundaki,
“Ommaviy madaniyat” ilmiy-falsafiy kategoriya sifatida o‘ziga yakdil uchta tushunchani qamraydi. Birinchidan, “madaniyat” – alohida xarakterdagi mahsulot. Ikkinchidan, “ommaviylik” – mahsulotni tarqatish meyori. Uchinchidan, “madaniyat” – ma’naviy boylik.
" Ommaviy madaniyat" nima? Bu savolga har bir xalq o‘zining manfaatlari va qadriyatlaridan kelib chiqqan holda javob beradilar. Umuman olganda "ommaviy madaniyat" bizning qadriyatlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan madaniyatlar qatoriga kiradi. Bu xususda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev: "Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-karshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Mana shunday va boshka ko‘plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani - ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi"1, - degan edi. Shu nuqtai nazardan qaraganda biz uchun ommaviy madaniyat - bu bir guruh boylikka o‘ch odamlar tomonidan zamonaviy axborot-texnologiyalarining imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda axloqiy buzuqlik, zo‘rovonlik, o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan ustun qo‘yish, "men "ni ulug‘lash kabilarni aks ettiruvchi har xil o‘ta sayoz madaniyat asarlarini moddiy va ma’naviy hayot maydonlariga tashlab, ko‘ngilocharlik bahonasida tijoratga asoslangan iste’molchilikni yo‘lga qo‘yib xalqlarni o‘z milliy qadriyatlariga asoslangan madaniyatidan judo qilish evaziga katta daromad topishga qaratilgan aksilmadaniyatdir.
«Ommaviy madaniyat»ning belgilari: axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm va boshqalar kiradi.

Yüklə 48,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin