"Ommaviy madaniyat" tushunchasi



Yüklə 48,5 Kb.
səhifə2/2
tarix20.01.2023
ölçüsü48,5 Kb.
#79875
1   2
Ommaviy madaniyat1

Axloqiy buzuqlik. Bu eng tuban insoniy faoliyat bo‘lib, u asta-sekin «erkin muxabbat»dan «bir jinsli insonlar o‘rtasida nikoh tuzish»gacha bo‘lgan bosqichlarga ko‘tariladi. U yoshlarni ma’naviy jihatdan aynitib, minglab yillardan buyon ardoqlanib kelayotgan muqaddas muhabbat an’anasi o‘rniga zinokorlikni taqdim qiladi.
Zo‘ravonlik. Bu illat mazmunini insonning inson, millatning millat, davlatning davlat
ustidan o‘z hukmronligini o‘tkazish tashkil qiladi. Zo‘ravonlik shaxs hukuqini paymol qilib, uning ongida hayvoniylik his-tuyg‘ularini va xususiyatlarini tarkib toptiradi.
Individualizm. Bu g‘oyaga ko‘ra shaxs o‘z manfaatlarini o‘zgalar manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Individualizm jamoaviylikning jiddiy ko‘rinishi bo‘lib, u shaxsni jamiyatdan ayro yashashga, qo‘ni-ko‘shnichilik, mahalla-ko‘ychilik va jamoaviylikka qarshi ruhda voyaga yetkazadi. Bu illatga mubtalo bo‘lgan kishi o‘z manfaatlarini o‘zgalarnikidan ustun qo‘yadi, faqat o‘zi uchun yashash odatini o‘zlashtiradi.
Egotsentrizm. Bu g‘oya inson «men»ligini ustuvor qo‘yishdan iboratdir. Unga ko‘ra, inson har bir narsaga o‘zining «men»lik nuqtai nazaridan qaraydi. Buning eng tashvishli jihati shundaki, unday odam o‘zini doimo haq deb biladi, o‘zgalarga nisbatan bepisand qarash, o‘z xatti-harakatlarini mutlaqo to‘g‘ri deb bilish egotsentrizmning eng asosiy belgisidir.
Madomiki, ushbu madaniyat milliy qadriyatlarimiz ildiziga bolta urayotgan ekan, unga qarshi kurashishimiz zarurdir. Bu esa quyidagi chora-tadbirlarni ko‘llashni taqozo etadi:Kontrabanda yo‘li bilan yurtimizga kirib kelayotgan shahvoniy filmlar, turli pornografiyalar vositasida axloqiy buzuqlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni mamlakat ichkarisiga kiritmaslik. Pinhona ish yuritayotgan fohishaxonalarning faoliyatiga chek ko‘yish tadbirlarini kuchaytirish.

  • Qudratli davlatlarning qudratsiz davlatlar ustidan zo‘ravonligini madh qiluvchi har qanday mahsulotlarni (kiyim kechaklar, videofilmlar va shunga o‘xshash narsalar)ning kirib kelishiga, ayniqsa ularni yoshlarning ma’naviy iste’mol qilishlariga yo‘l ko‘ymaslik ishlarini uzluksiz tarzda tashkil etish.

  • Inson o‘zi uchun emas, o‘zini o‘zi ulug‘lab emas, balki jamiyat manfaati, yurt tinchligi, uning ozodligi va obodligi, shu yurtda erkin va farovon hayot kechirish uchun yashashligini g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish ishlarini izchil davom ettirish kabilar tashkil etadi.

XX asrning 80-yillar ikkinchi yarmida sobiq sho‘rolar mamlakatida boshlangan istiqlolga intilish harakatlari sho‘rolar davridagi mudroqlikka chek qo‘ydi. Kommunistik senzura hamma vaqt yoqtirmay tanqid qilib kelgan “ommaviy madaniyat” ommaviy axborot vositasida hayotimizga faol kirib keldi hamda aholi o‘rtasida yashindek yoyila bordi. Bunga katta yoshdagilarning ma’lum darajada qarshilik ko‘rsatgani, qabul qilolmagani, an’anaviy madaniy qadriyatlar ular ongu-shuuriga ancha chuqur o‘rnashgani ko‘zga tashlanib turdi. Lekin yoshlarning katta qismi, ayniqsa, talaba yoshlar sho‘ro davri madaniy qadriyatlariga tanqidiy ko‘z bilan qaradilar. Yangi zamon “ommaviy madaniyat” mahsulotlarining kutilgan xaridoriga aylandilar. Ular uchun bu mahsulotlarning o‘zimizniki yoki xorijniki ekanligi unchalik ham ahamiyatli emas edi va hamon shu jarayon davom etmoqda. “Jahon to‘ri” deb nom olgan internet tizimi orqali “ommaviy madaniyat” mahsulotlari hech qanday to‘siqsiz mamlakatimizga kirib kelmoqda va ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng tarqalmoqda.
Ma’lumki, o‘smirlar, yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan, tengqurlariga havasmand, modaparast, xorij standartlarini oson qabul qilishga ruju qo‘ygan bo‘ladi. Ulardagi ana shu ijtimoiy-psixologik holat kirib kelayotgan shubhali qadriyatlarga tanqidiy yondashuvni cheklab qo‘ymoqda. Maqbul yoki nomaqbulligi haqida muayyan fikr-mulohazasi bo‘lmagan yoshlar hayotimizga, milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan mafkuraviy mahsulotlarni matbuot orqali qabul qilishga oshiqmoqda. “Ommaviy madaniyat” tashqi ko‘rinishi, oson o‘zlashtirilishi bilan ularni qiziqtirmoqda. Turfa g‘oya va ramzlar zamonaviy modalar ommaviy madaniyat mahsulotlari yoshlardan chuqur fikr-mulohaza yuritishni talab etmaydi, har xil hayot tashvishlaridan, turmush muammolaridan “xalos” etadi, jasadni va ruhni dam oldirish, ularni o‘qishga, bilim olishga emas, balki o‘ynab-quvnab, “yashab olish”ga chaqiradi. Aslida “ommaviy madaniyat”ning, uni tarqatayotganlarning ham asl maqsadlari shundan iborat. Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etishini va “ommaviy madaniyat” mualliflari aynan ana shu auditoriyani nazarda tutayotganini e’tiborga olsak, vazifalarimiz mas’uliyati aniq ayon bo‘ladi.
Yoshlarning badiiy ehtiyojlarini qondirish, ular o‘rtasida “ommaviy madaniyat” mahsulotlarining tarqalmasligi uchun muayyan ishlar amalga oshirilayotir, albatta ularning san’atga, adabiyotga va boshqa ma’naviy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganib borish hozir izchil olib borilmoqda.
“Ommaviy madaniyat”ning hayotimizga bostirib kelishida dastlab ommaviy axborot vositalari asosiy rolni o‘ynadi. Bugunga kelib esa, reklama uning ajralmas yo‘ldoshiga aylanib qoldi. Bozor qonuniyatlari “ommaviy madaniyat” mahsulotlarini keng tarqatishdan manfaatdor bo‘lib maydonga chiqmoqda. Zamonaviy audio-videotexnikalar, ovoz yozish va kuchaytirgich asboblarining yuzlab turlari “ommaviy madaniyat” mahsulotlari reklamasi bilan kun ko‘rmoqdalar. U sanoat asosiga ko‘chirilgach, o‘rtacha, bo‘sh “ommaviy madaniyat” mahsulotlarini ko‘paytirish va sotish bo‘yicha qudratli tizim yaratildi. Istagan do‘kondan dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo‘shiq, klip audiovideotasmasini topish mumkin. San’atga, “ommaviy madaniyat”ga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘ladigan, yengil-yelpi ijod bilan elga tanilgan san’atkorlar armiyasi paydo bo‘ldi. O‘zlari shoir, o‘zlari kompozitor bo‘lgan, musiqiy maxsus bilimi bo‘lmagan juda ko‘plab guruhlar paydo bo‘ldi va ular o‘z mahsulotlarini istagancha reklama qilmoqdalar. Yoshlar esa ana shunday siyqasi chiqqan, lekin ma’lum ma’noda “o‘z auditoriyasini topgan”, “san’atkor”lar armiyasi bilan yuzma-yuz turibdilar. Reklama – yaratuvchi kuch emas, balki u ommaviy psixologiyani aks ettiruvchidir.
Ba’zan kliplarda chiroyli qizlar va yigitlar nima deyotganligini o‘zlari ham tushunishmaydi. Kuchli musiqa sadosi ostida nimalardir deyishadi, mashinalarga o‘tirib qayerlargadir borishadi. “Ommaviy madaniyat” mahsuli bo‘lgan bunday “asarlar” millat mentalitetini pasaytirishga xizmat qilayotgani sir emas. Reklama nima deydi? Birorta shirin ichimlikni iste’mol qilib cheksiz rohat va farog‘at olish mumkin. Biror narsaga erishish uchun jon kuydirish, ter to‘kib, mehnat qilish shart emas, ichimlikni sotib olish kerak va uni iste’mol qilish kerak. Yoki yozib olingan fonogrammaga mos qilib, labni qimirlatib turaverish kerak, tamom vassalom. Endi o‘sib, jamiyatga kirib kelayotgan yoshlarga, o‘smirlarga ham OAVlar shunday ta’lim bermoqdalar va u qay bir darajada o‘z xaridorini topmoqda hamda ongiga ta’sir etmoqda. Demak, “ommaviy madaniyat”ning ana shunday siyqalanib, jo‘nlashib borishi hammamizni ogohlikka chorlashi lozim.
“Ommaviy madaniyat” o‘z g‘irdobiga yoshlarni tartib olmasdan oldin, ularni milliy urfodatlar, tarixiy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya ishlarni jadallashtirishimiz lozim.


1 Mirziyoyev Sh.M. Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar-ezgu maqsadimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir // "Xalq so‘zi" gazetasi, 2017 yil/1 iyul.

Yüklə 48,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin