50
- tovarlarni xarid qilish shakli, uslubi, manzili, sotuvdan keyingi xizmat
muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan izlanishlar va boshqalar.
Anketa vositasida o‘tkaziladigan tadqiqotlarga muayyan firma
mahsulotlarini sotuvchi tashkilot xodimlari, maxsus tanlab olingan
ekspertlar, muayyan manzil aholisi jalb etiladi. Tadqiqotlar o‘tkazilish
davriga ko‘ra doimiy va doimiy bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Bu marketing
izlanishi bilan shug‘ullanayotgan firmaning imkoniyatlari, tovar, narx, xizmat
ko‘rsatish siyosati va boshqa xususiyatlarga bog ‘liq.
Anketa savollarini imkon qadar qisqa, oddiy, umumma’lum bo‘lgan
so‘zlar bilan tuzishga harakat qilishi zarur. Hatto, ayrim hollarda mahalliy
shevalarni ham inobatga olish, ikki ma’noli so‘zlarni ishlatmaslikka urinish
kerak. Boshqacha qilib aytganda, savol tug‘diradigan savollarning anketada
bo‘lmasligi, jumlalarning qisqa va mazmunli bo‘lishi respondentni ko‘p
o‘ylantirmaslikni, charchamasligini ta’minlaydi.
Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi,
umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi:
tartibga solish;
miqyoslashtirish;
umumlashtirish va tahlil qilish.
Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bo‘yicha, ularni
tahrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek, ularni toifalashtirishdan
iborat. Kategoriya bo‘yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan
shartli sinf yoki zonalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tahrirlash deganda ishlash imkoniyati ko‘rinishiga ega bo‘lgan
ma’lumotlarni ko‘rib chiqish tushuniladi. Ko‘rib chiqilgan materiallar
ma’lumotlarini jadval ko‘rinishida ko‘rsatish ularni tabullashtirishni
bildiradi.
Shkalalashtirish aniq o‘lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni
tasniflashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son
shkalalari qo‘llaniladi.
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi.
Marketingda tahliliy uslublar ichida ko‘proq: trend tizimi, regressiya va
korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va
boshqalar qo‘llaniladi.
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash
mashina texnikasi vositasi yordamida amalga oshiriladi. Bajariladigan
hisoblarning aniq va operativligiga qo‘yiladigan talablarga qarab, shuningdek,
ularning xarakteriga ko‘ra hisoblash jadvallari va kompyuterlar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: