4.1-rasm. Marketingning qo‘llanilish sohasi bo‘yicha asosiy turlari Iste’mol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan iste’mol
o‘rtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning
ko‘pchilik qismi kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat
ovqat joylari, ekskursion xizmat, yodgorlik tovarlari sotish va hokazolar
paydo bo‘lishi yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Shu sababli ko‘rsatish sohasida marketing juda katta yo‘nalishga ega.
4.2. Makromarketing va mikromarketing Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda uning tarkibida
mikromarketing, mikromarketing turlari mavjudligini alohida ta’kidlash
zarur. Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F. Kotler 1972-yilda kiritdi va
ularni xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda
foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va shunga
o‘xshash tashkilotlarga nisbatan ham qo‘lladi.
Mikromarketing-korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovar va
xizmatlarning tayyorlovchidan iste’molchi yoki foydalanuvchiga borish
oqimini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi
talabni qondirish va ayni paytda korxona oldiga qo‘ygan maqsadlarga
erishishdir. Boshqacha aytganda, bu ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo‘lib,
mahsulot yoki xizmatlarga bo‘lajak talab tarkibini o‘rganish, shuningdek, bu
Marketing korxonaning bozorda (iste’molchiga) yo‘naltirilgan strategik boshqaruvi sifatida Xalqaro marketing
Ichki milliy marketing
Iste’mol tovarlari marketingi
Ishlab chiqarish vositalari marketingi
Xizmatlar marketingi
Ishlab chiqarish xizmatlari
Iste’mol xizmatlari
56
talabni, taklifni shakllantirish iste’molchiga axborot berish yo‘llari bilan
qondirish maqsadini ko‘zlaydi.
Shunday qilib, mikromarketing korxona darajasidagi bozor faoliyatidan
iboratdir.