62
bozor talablarining o‘zgarishi va iste’molchilar talabiga operativ
reaksiyaning sustligi;
marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal
etishning murakkablashganligi.
Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‘yicha
bo‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‘limlari bo‘yicha mustaqil
qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‘lgan
shakl, avvalo, ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‘lgan
firmalarga to‘g‘ri keladi.
Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek,
kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining
o‘ziga xos tomonlarini doim ham e’tiborga olmaydi. Tovarlar bo‘yicha
guruhlar ishchilari o‘z majburiyatlarini samarali bajarish uchun yetarlicha
huquqlarga ega emas, boshqaruv apparatida katta sonli guruh va guruhchalar
paydo bo‘lishi bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar talab qiladi.
Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o‘z
tovarini xarakteri jihatidan turlicha bo‘lgan bozorlarda sotadi. Turli
bozorlarning sotib olish xususiyatlari yoki turli tovar afzalliklariga ega
bo‘lgan hollardagina bozor tamoyiliga ko‘ra tashkil etish maqsadga
muvofiqdir. Shuning uchun marketing xizmati bo‘limlari asosiy bozorlarga
qarab tuziladi.
Dostları ilə paylaş: