4.3. Marketingni boshqarish jarayoni, tashqi va ichki sohasi va
o‘zaro bog‘liqligi. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish
Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan barcha moddiy, moliyaviy, me’yoriy va boshqa resurslarning
majmui bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir
maqsadga yo‘naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iborat. Bunda
iqtisodiy, texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu
faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat
talab qiluvchi murakkab tizimdir.
Marketingni
boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad
tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning texnika va
texnologiyasi, kadrlar va boshqalardan iborat. Marketingni boshqarishning
maqsadi tizimning to‘g‘ri va murakkabligi darajasiga qarab o‘zgaradi. Uning
tashkiliy tuzilishi mezoni va maqsadi deganda marketingning tarkibiy
59
tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyutsiya o‘zgarishlari va tashqi muhit
bilan o‘zaro ta’siri tushuniladi. Bu maqsad marketing faoliyat ko‘rsatayotgan
sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga yo‘naltirilgan barcha
faoliyatni boshqarishdir.
Marketingni boshqarish jarayoni bosqichlari to‘rt bosqichdan iborat:
bozor imkoniyalari tahlili;
maqsadli bozorni tanlash;
marketing kompleksini ishlab chiqish;
marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish.
Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing
axboroti, marketing muhiti, bozorning tuzilishi, ulgurji va chakana savdo
holati tahlili olib boriladi.
Maqsadli bozorni tanlashda esa:
- talab hajmi o‘lchovi,
- bozorni segmentlash jarayonlari ko‘rib chiqiladi.
Marketing kompleksini ishlab chiqishda esa tovar ishlab chiqarish,
ishlab chiqarilgan tovarga narx o‘rnatish, tovarlarni tarqatish usullari va
sotishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarishning kommunikativ siyosati ustida
ishlar olib boriladi.
Keyingi bosqichda esa rejalashtirish tizimi, shuningdek, strategik va
taktik rejalashtirish jarayoni va marketing faoliyatinngi nazorat turlari,
korxonaning tashkiliy tizimi kabilar to‘liq yoritib beriladi.
Marketing muhiti deganda firma korxona yoki uning yuqori tashkilotlar
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy va huquqiy omillar
majmui tushuniladi, marketing ichki va tashqi muhitlar farqlanadi.
Ichki muhitni shakllantiruvchi omillar, firma rahbariyati tomonidan
nazorat qilinadigan - texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilishi,
bozorni tanlash va boshqalar bilan bog‘liqdir. Nazorat qilinadigan omillarni
tashkilot va uning marketing xizmati boshqaradi. Ana shu omillardan
marketing xizmati tomonidan nazorat qilinmaydiganlaridan ayrimlarini oliy
rahbariyat boshqaradi.
Quyidagi rasmda marketing tomonidan nazorat qilinadigan ichki omillar
keltirilmoqda (4.5- rasm).
Nazorat:
kundalik;
vaqti-vaqti bilan
Maqsadli bozorni
tanlash (segmentni):
hajmi bo‘yicha;
tavsifnomalari bo‘yicha
Firma
|