61
4.6- rasm. Tashqi omillar (makromuhit omillari)
Quyidagi nazorat qilinmaydigan omillarni doimo hisobga olish va
oldindan ko‘ra bilish talab etiladi: iste’molchilar, raqobat, hukumat,
iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, firma
yoki korxonaning butun
faoliyati to‘la-to‘kis bozor munosabatlarini mujassamlashtiradi. Firma va
bozor tushunchalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-biridan ajratib
bo‘lmaydigan iqtisodiy kategoriyalar hisoblanadi. Chunki firmalar faoliyatisiz
bozor bo‘lishi mumkin emas.
Marketingni tashkil etish - marketing
xizmatini boshqaradigan
idoralarning tashkiliy ko‘rinishi bo‘lib, biror-bir topshiriqni bajarish uchun
bo‘ysunish va javobgarlikni belgilaydi.
Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo‘nalishda amalga
oshirilishi mumkin:
1. Funksional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot
va tovar
harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi.
2.
Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga,
yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi.
3.
Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga,
yana bir hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar
qo‘shiladi.
Funksional tashkil etishning yutuqlari, bo‘limlarning boshqarishdagi
soddali, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iborat.
Lekin bu
tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud:
tovarlar bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi;
bozorning hududiy segmentlari bo‘yicha maxsus bo‘limlarning
yo‘qligi;
62
bozor talablarining o‘zgarishi va iste’molchilar talabiga operativ
reaksiyaning sustligi;
marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal
etishning murakkablashganligi.
Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‘yicha
bo‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‘limlari bo‘yicha mustaqil
qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‘lgan
shakl, avvalo, ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‘lgan
firmalarga to‘g‘ri keladi.
Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek,
kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu kabi tizimi
marketing faoliyatining
o‘ziga xos tomonlarini doim ham e’tiborga olmaydi. Tovarlar bo‘yicha
guruhlar ishchilari o‘z majburiyatlarini samarali bajarish uchun yetarlicha
huquqlarga ega emas, boshqaruv apparatida katta sonli guruh va guruhchalar
paydo bo‘lishi bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar talab qiladi.
Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o‘z
tovarini xarakteri jihatidan turlicha bo‘lgan bozorlarda sotadi. Turli
bozorlarning sotib olish xususiyatlari yoki turli tovar afzalliklariga ega
bo‘lgan hollardagina bozor tamoyiliga ko‘ra
tashkil etish maqsadga
muvofiqdir. Shuning uchun marketing xizmati bo‘limlari asosiy bozorlarga
qarab tuziladi.
Dostları ilə paylaş: