57
Quyidagi 4.3–rasmda esa marketing makromuhiti omillari keltirilmoqda.
4.3- rasm. Marketing makromuhiti omillari
Marketingni qo‘llash sohalari va obyektlariga muvofiq quyidagi
holatlarga ko‘ra guruhlash mumkin:
ichki marketing;
tovarlar bo‘yicha marketing;
eksport marketingi;
import marketingi;
ilmiy -texnik marketing;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ (investitsiya) kiritish marketingi;
xalqaro marketing;
notijorat faoliyati sohasidagi marketing;
ijtimoiy g‘oyalar marketingi.
Ichki marketing qoidaga ko‘ra, bir tomon doirasida tovar va xizmatlarni
sotish masalalari bilan bog‘liq. Amalda barcha korxonalar avval ichki
bozorga kiradi, yuqori natijalarga erishgandan keyin esa, ya’ni raqobatbardosh
mahsulotlarni yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi.
Tovar va xizmatlar marketingi (tovarlar bo‘yicha marketing)
samarali
sotishni
tadqiq qilish, tovar va xizmatlar turlari bo‘yicha tadbirkorlik
faoliyatining foydaliligini ta’minlashni ko‘zda tutadi. Masalan, xorijda sanoat
tovarlari marketingi, iste’mol tovar va xizmatlar marketingi ishlab chiqilgan.
Demografik
omillar
Iqtisodiy omillar
Ilmiy-texnik omillar
Tabiat omillari
Ijtimoiy-madaniy omillar
Siyosiy-huquqiy omillar
Marketing
makromuhiti
58
Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini quyidagicha tadqiq
qilish, firma mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil
qilishni ko‘zda tutadi. Import marketingi yuqori samarali xaridorlarni
ta’minlash uchun bozor tadqiqotlarining alohida shakllarini ko‘zda tutadi.
Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari:
patentlar va litsenziyalarni sotish va xarid
qilish qismidagi marketing
tadqiqotlari, fan-texnika taraqqiyoti yo‘nalishlarini o‘rganish, tegishli
tomonlar patent huquqlari masalalari va boshqalar bilan bog‘liq.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing kiritish marketingi o‘z ichiga xorijiy
faoliyatni tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja
turlari), uning sotish faoliyatini chuqur va har taraflama tahlil qilishni, hamda
kompaniya manfaatlari va korxona qurilgan mamlakat qonunini hisobga
olgan holda tashqi bozorda sotish tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi.
Xalqaro marketing, tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham
ataydilar, mahsulotni xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni ko‘zda
tutadi. U ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi,
asosan ko‘p sonli mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy
kompaniyalarga javob beradi.
Notijorat faoliyati sohasidagi marketing asosan
alohida tashkilot yoki
alohida shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan
bog‘liq.
Ijtimoiy marketingni qo‘llashning eng muhim sohasi rivojlanadigan
mamlakatlarda
oilani rejalashtirish, qariyalar va kasallarga e’tiborni jalb
qilish ayrim ijtimoiy zaruratlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan
iborat.
Dostları ilə paylaş: