• Основные стратегические варианты


Marketing axborotlarini to‘plash uslublari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

Marketing axborotlarini to‘plash uslublari 
Kabinet tadqiqotlari 
Kombinatsiyalashgan 
tadqiqotlar 
Maqsadli axborot tahlili 
Kontent tahlil 
Dala tadqiqotlari 
So‘rov
Kuzatuv
Tajriba
Hujjatlarning klassik 
tahlili 


48 
tayyorlash, u bilan mustahkam aloqa va qayta aloqa o‘rnatish imkoni bir 
muncha yuqori bo‘ladi, bu xususiyat esa kuzatishda «yanglishishlar» 
ehtimolini kamaytirishga sabab bo‘ladi. 
To‘rtinchidan, majmua miqyosida kuzatish o‘tkazish ko‘plab xodimlarni 
jalb qilish va xarajatlarning ortib borishiga olib kelsa, tanlama kuzatishda 
tadqiqot nisbatan arzon tashkil etiladi. 
Lekin tanlama kuzatishni amalga oshirish dastavval muayyan qoidalarga 
va ketma-ketlikka amal qilishni talab etadi. Bu birinchi navbatda kuzatish 
uchun aniqlanadigan tanlovning miqdoriy va sifat jihatdan yaqinligi bilan 
bog‘liq.
Marketing tadqiqotlarida tajriba (eksperiment) uslubi ham ko‘p 
qo‘llaniladi. Xususan, u tadqiqotda bir necha taqqoslanadigan holatlarni 
(guruhlarni) yaratishga va o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlar ta’sirini aniqlashga 
asoslanadi.
Tashkilotlarda tajribadan foydalanish o‘rganilayotgan obyekt yoki 
jarayon xususida to‘laroq ma’lumot olish imkonini beradi, uni tashkil etish 
bir muncha mushkul. Chunki haqiqiy (yoki istakdagi) holatni yaratish, barcha 
omillar ta’sirini aniqlash bir qancha mutaxassislarni jalb etishni va tadqiqot 
xarajatlarining ortishiga sabab bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan tajriba o‘tkazish 
doirasi, uning yo‘nalishlari, uslublari va ketma-ketligi dastavval mukammal 
ishlab chiqilishi kerak. 
Marketing tadqiqotlarida so‘roq uslubi tavsiflovchi yo‘nalishdagi 
izlanishlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Jumladan, mijozlar va xaridorlarning 
qat’iyati, qiziqishlari, ishtiyoqlaridagi o‘zgarishlar, mamnunligi va shunga 
o‘xshash yo‘nalishdagi tadqiqotlar. So‘roq uslubi tadqiqotining yo‘nalishiga 
ko‘ra anketa yoki mexanik qurilmalar vositasida amalga oshiriladi. So‘roq 
uslubining samarali jihati shundan iboratki, u tadqiqotda bir necha marotaba 
qo‘llanilishi, tegishli obyekt to‘g‘risida axborotlarni umumlashtirib borish 
imkonini beradi. 
Shu bilan birga so‘roq uslubi ham tadqiqot uchun tanlov birligi, hajmi, 
belgisi, dastavval o‘tkazish tartibi aniqlanishini taqozo etadi. Masalan, 
o‘rnatilayotgan majmua obyektlarining barchasini to‘liq o‘rganish imkoni 
bo‘lmaganda, tanlama uslub qo‘llaniladi. Muloqot o‘rnatishda esa telefon, 
pochta, shaxsiy yoki guruhli suhbat qo‘llaniladi. 
Muloqotdagi auditoriya bilan aloqa o‘rnatish uslublari ichida telefon 
orqali intervyu, shaxsiy, guruhlar vositasida intervyu, pochta orqali anketa 
yuborish ko‘p qo‘llaniladi. Telefon vositasida intervyu - so‘raluvchi 
(respondent) bilan telefondagi qisqa suhbatni o‘z ichiga oladi. Odatda u 
telefon aloqasi yaxshi uyushtirilgan holatlardagina qo‘llaniladi. Lekin, 


49 
so‘raluvchi bilan atroflicha suhbatlashish, uning fikrini mukammalroq bilish 
doirasi bir muncha cheklangan bo‘ladi. 
Shaxsiy intervyu so‘roq uslubida keng qo‘llanib, intervyu olib boruvchi 
tomonidan savollarga to‘la javob olish va uni yanada aniqlashtirish imkonini 
beradi. U yuqori mahoratli mutaxassislar ishtirokida, belgilangan savollar 
ko‘lamida amalga oshiriladi. Uning natijalari magnitafon yoki 
videomagnitafonlarga yozilishi, so‘ngra umumlashtirilishi lozim. Shaxsiy 
intervyu bir necha daqiqa yoki bir necha soat davom etadi va shu sababdan 
respondentlarga suhbatdan so‘ng sovg‘a topshirish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.
Guruh ishtirokidagi intervyu esa bir necha (odatda 4-12 kishidan iborat 
guruh) shaxslar ishtirokida, ular fikrini aniqlash, umumlashtirish, yagona 
maslakni ta’minlash maqsadida uyushtiriladi. Guruh ishtirokidagi intervyu 
olib boruvchi muloqotga usta, notiq va fikrlarni mantiqan umumlashtirishda 
yuksak qobiliyat sohibi bo‘lishi nazarda tutiladi. Bunday suhbat videotasmaga 
yozilishi va keyinchalik to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga taqdim etilishi ham 
mumkin. Bunda so‘ralayotgan obyektning o‘zi, o‘z fikrlarini asoslashlari 
yaqqol ko‘rinib turadi. Masalan, yangi avtomobilning ichki jihozlari, uning 
qulay dizaynda yasalishi bo‘yicha ko‘p yillik haydovchilar bilan guruhli 
intervyu o‘tkazish. 
Marketing tadqiqotlarida so‘roq uslubi ko‘p jihatdan anketa (so‘rov 
varaqasi) vositasida ko‘p tashkil etiladi. Anketa o‘z ichiga aniq tizimga 
solingan, mantiqan bog‘langan savollar ko‘lamini olib, asosan ikki shaklda 
axborotlar to‘plashga xizmat qiladi. Birinchi shakl axborot olish davrida 
respondent javoblarini maxsus mutaxassis og‘zaki so‘rab, belgilab, 
umumlashtirib borishga asoslanadi. Ikkinchi yozma shaklida esa, taqdim 
etilgan anketa savollariga bevosita respondentning o‘zi, guruhlarga ajratilgan 
muqobil javoblarni belgilaydi.
Ko‘pgina yirik firmalar va marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan 
tashkilotlar anketa vositasida quyidagi yo‘nalishdagi muammolar bo‘yicha 
tadqiqotlarni tashkil etadilar: 
- xaridorlarning yangi tovarlarga nisbatan munosabati, qanoatlanish 
darajasiga oid izlanishlar; 
- xaridorlarning muayyan tovar assortimenti turi bo‘yicha ta’minlanishi, 
ulardan foydalanish muddatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan izlanishlar; 
- xaridorlarni muayyan tovarlarga bo‘lgan ishtiyoqi, iste’mol qilish 
xususiyati, daromadlari va boshqa belgilarga ko‘ra segmentlarga ajratish 
bo‘yicha izlanishlar; 
- xaridorlarning shakllanayotgan talablarini o‘rganish, tovarlar sifatini 
yaxshilash, xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish xususidagi izlanishlar; 


50 
- tovarlarni xarid qilish shakli, uslubi, manzili, sotuvdan keyingi xizmat 
muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan izlanishlar va boshqalar. 
Anketa vositasida o‘tkaziladigan tadqiqotlarga muayyan firma 
mahsulotlarini sotuvchi tashkilot xodimlari, maxsus tanlab olingan 
ekspertlar, muayyan manzil aholisi jalb etiladi. Tadqiqotlar o‘tkazilish 
davriga ko‘ra doimiy va doimiy bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Bu marketing 
izlanishi bilan shug‘ullanayotgan firmaning imkoniyatlari, tovar, narx, xizmat 
ko‘rsatish siyosati va boshqa xususiyatlarga bog ‘liq. 
Anketa savollarini imkon qadar qisqa, oddiy, umumma’lum bo‘lgan 
so‘zlar bilan tuzishga harakat qilishi zarur. Hatto, ayrim hollarda mahalliy 
shevalarni ham inobatga olish, ikki ma’noli so‘zlarni ishlatmaslikka urinish 
kerak. Boshqacha qilib aytganda, savol tug‘diradigan savollarning anketada 
bo‘lmasligi, jumlalarning qisqa va mazmunli bo‘lishi respondentni ko‘p 
o‘ylantirmaslikni, charchamasligini ta’minlaydi. 
Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi, 
umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi: 
tartibga solish; 
miqyoslashtirish; 
umumlashtirish va tahlil qilish. 
Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bo‘yicha, ularni 
tahrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek, ularni toifalashtirishdan 
iborat. Kategoriya bo‘yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan 
shartli sinf yoki zonalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Tahrirlash deganda ishlash imkoniyati ko‘rinishiga ega bo‘lgan 
ma’lumotlarni ko‘rib chiqish tushuniladi. Ko‘rib chiqilgan materiallar 
ma’lumotlarini jadval ko‘rinishida ko‘rsatish ularni tabullashtirishni 
bildiradi. 
Shkalalashtirish aniq o‘lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni 
tasniflashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son 
shkalalari qo‘llaniladi. 
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. 
Marketingda tahliliy uslublar ichida ko‘proq: trend tizimi, regressiya va 
korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va 
boshqalar qo‘llaniladi. 
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash 
mashina texnikasi vositasi yordamida amalga oshiriladi. Bajariladigan 
hisoblarning aniq va operativligiga qo‘yiladigan talablarga qarab, shuningdek, 
ularning xarakteriga ko‘ra hisoblash jadvallari va kompyuterlar ishlatiladi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin