Qisqacha xulosalar
51
Bozor munosabatlarining ravnaqi, erkin raqobat muhitning yaratilishi
sharoitida marketing tadqiqotlariga bo‘lgan talabning ortib borishi tabiiy
jarayondir. Xaridor ishtiyoqi, unga ma’qul bo‘lgan tovar va xizmatlarni
shakllantirishda, raqobat kurashida muhim va hal qiluvchi o‘ringa ega
bo‘lgan marketing tadqiqotlarini samarali tashkil etish, amalga oshirish,
hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz korxona va tashkilotlari faoliyatida mazkur tadqiqotlarni
joriy va strategik jihatdagi vazifalardan biriga aylanishini va bu asosda
bozorda raqobatbardosh va xaridorgir bo‘lgan «O‘zbekistonda ishlab
chiqarilgan» tamg‘ali tovarlar turini ko‘paytirishni, xorijiy firmalar bilan
keng ko‘lamli hamkorlikni ta’minlash lozim.
Marketing tadqiqotlarini xo‘jalik yuritish faoliyatida yetakchi ahamiyatga
ega bo‘lishi ko‘p jihatdan marketing bo‘limlari (xizmatlari) tizimini
rejalashtirish va boshqarishda izchil tatbiq etishga bog‘liq bo‘ladi. Shu
sababdan, marketing tadqiqotlarini uyushtirishda va amalga oshirishda
tegishli tashkilot va korxonaning maqsadlari va strategik rivojlanish
xususiyatlari albatta belgilovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Bozorga kirish, o‘rganish va unda yetakchilik qilish maqsadida amalga
oshirilayotgan marketing tadqiqoti bir biridan o‘z ko‘lami, uslublari va ayrim
jihatlariga ko‘ra keskin farqlanadi. Har bir tashkilot va korxona o‘zining
bozordagi o‘rni, kelgusida rivojlantirish istagida muayyan marketing
tadqiqotlarini amalga oshiradi.
Hozirgi paytda marketing tadqiqotlari amaliy jihatdan dolzarb faoliyat
sohalaridan biriga aylanmog‘i lozim. Mukammal va tezkor amalga oshirilgan
tadqiqotlar kuchli bozor raqobati sharoitida, xatolarga yo‘l qo‘ymaslik,
favqulodda holatlarga moslashish imkonini beradi. Bu borada tadbirkorlik
doirasida ishlab chiqilayotgan biznes rejalariga marketing tadqiqotlari
hisoblari, natijalari aks ettirilishi diqqatga sazovordir. Chunki, bozor bilan
bog‘liq barcha faoliyat, dastlabki bozor tahliliga, xaridor, uning istagidagi
o‘zgarishlarga tayanadi. Bu asosda esa tegishli tashkilotning kelgusi faoliyat
sohasi, doirasi aniq belgilanadi.
Marketing tadqiqotlari uchun kerakli va zaruriy axborot va ma’lumotlar
ko‘lamini muayyan tartibga solish vazifasini hal qilish bilan mamlakatimizda
madaniy bozor tizimi, uning infratuzilmasi barpo etiladi. Ayni vaqtda amalga
oshirilayotgan islohotlar bu o‘rinda o‘z samarasini bermoqda va bu hozirgi
kunda qaror topayotgan marketing axboroti, jamiyat miqyosida samarali
ilg‘or loyihalarni amalga oshirish, korxona va tashkilotlarning eksport
salohiyatini oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu sababli,
marketing tadqiqotlarini amalga oshirish xalq xo‘jaligi ahamiyatiga molik
vazifalardan biridir.
|