• Основные стратегические варианты


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Marketing axboroti tizimi qanday tuzilishga ega? 
2. Ichki hisobot tizimida nimalar ko‘rsatiladi? 
3. Marketing axboroti asosini nimalar tashkil etadi? 
4. Amaliyotda axborot to‘plashning qanday uslublari qo‘llaniladi? 
5. Axborot to‘plashning imitatsiya uslubi deganda nimani tushunasiz? 
6. Axborotlar tahlili qanday olib boriladi? 
7. Axborotlarni tahlil qilishda va qayta ishlashda qanday usullardan 
foydalaniladi? 
8. Axborot manbalari nimalardan iborat? 
Adabiyotlar 
1.
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini 
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 -yilda 
mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga 
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. – T.: O 
‘zbekiston, 2011.– 48 b. 
2.
Qosimova M.S., Yusupov M., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing. 
Darslik. – T.: TDIU, 2010. – 224 b.
7.
Соловьев Б.А., Мешков А.А., Мусатов Б.В. Маркетинг: Учебное 
пособие. -M.: Инфра-М, 2010. – 336 c. 
8.
Котлер Ф. Основы маркетинга: Учебное пособие. –M.: Изд. дом 
«Вильямс», 2010. – 656 c. 
3.
Басовский Л.Е. Маркетинг: Учебное пособие. – M.: Инфра-М,
2010. – 219 c. 
4.
Бронникова Т.С. Маркетинг: теория, практика: Учебное пособие. 
–М.: КНОРУС, 2010, -208с. 
 


53 
4-bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI 
BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH 
4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketingi 
Marketing tizimi - bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor 
talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib 
o‘zida to‘rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va 
siljitishlarni birlashtiradi. 
Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat 
darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, o‘lchovning 
holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud 
mahsulotni sotishni to‘xtatish paytini aniqlab olish kerak. 
Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, subyektlar yig‘indisidan 
iboratdir. Marketing tizimi o‘z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: 

ta’minotchilar; 

raqobatchilar; 

vositachilar; 

iste’molchilar (bozor); 

firma (kompaniya). 
Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o‘rab turgan 
muhit ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, 
demografik va ekologik omillar kiradi.
Ta’minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar 
yig‘indisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari 
bilan ta’minlaydi. 
Raqobatchilar – istak bo‘yicha, safdosh tovar bo‘yicha, tovar turi 
bo‘yicha, tovar markasi bo‘yicha turkumlanadi. 
Marketing bo‘yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini 
mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa o‘rnatish bo‘yicha yordam 
ko‘rsatuvchilardir. 
Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga 
bo‘linadi. 
Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. 
Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim 
holatlarini transportirovka qilish bilan shug‘ullanish. 
Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug‘urta va boshqa moliyaviy 
xizmatlarni amalga oshiradi. 
Iste’molchilar – firmalar, alohida jismoniy shaxslar yoki ularni 
potensial guruhi bo‘lib, ular bozorda mavjud bo‘lgan tovar va xizmatlarni 
olishga tayyor. 


54 
Iste’molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchining 
xulq-atvorini o‘rganish, uning ehtiyojini firma mahsulotiga bo‘lgan 
munosabatini o‘rganish, tahlil qilishdan iborat. 
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir 
o‘tkazib, dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik 
jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi 
munosabatlar sabab bo‘ladi. 
Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, 
maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o‘zaro 
aloqasidir. 
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g‘oyasi serqirradir. Uning tarkibi 
yoki faoliyat sohalarida quyidagicha: 
- ishlab chiqarish vositalari marketingi; 
- iste’mol tovarlari marketingi, 
- xizmat ko‘rsatish marketingi singari turlarini ko‘rsatish mumkin (4.1-
rasm).
Har birining faoliyatida umumiy tamoyil va vazifalar saqlanib qoladi, 
ammo bu yo‘nalishlarning har biri o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.
Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish 
talablarini hisobga olishga asoslanadi. Shu sababli maqsadga muvofiqlik 
maqbullik qat’iy uyg‘unlik eng birinchi o‘rinda turadi. 
Iste’mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo‘lgan 
iste’molchilarning keng doiralari bilan bog‘liq. 
Bu sohada iste’molchi fe’l-atvorining tub mohiyatini o‘rganishga katta 
e’tibor beriladi. Xususan, iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot 
sotishni uyushtirish, bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing 
faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, do‘konlarda o‘z-o‘ziga 
xizmat ko‘rsatish tamoyillari iste’mol tovarlari marketingi samarasi. 


55 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin