7-
BOB. NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
7.1.
Nomoddiy aktivlar to‘g‘risida tushuncha va
ularning turkumlanishi
“Nomoddiy aktivlar” nomli 7-son BHMSga muvofiq, nomoddiy aktivlar -
moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xojalik yurituvchi subyekt tomonidan
xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq
vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obyektlari.
“Nomoddiy aktivlar” nomli 38-son buxgalteriya hisobining xalqaro
standartida quyidagicha ifodalangan; nomoddiy aktivlar pul (qiymat) ko‘rinishga,
material-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan, ishlab chiqarish yoki xizmat
ko‘rsatishda qatnashuvchi, ijaraga berish mumkin bo‘lgan va boshqaruv
maqsadlarida foydalanuvchi aktivlardir.
Nou-xau-ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati jarayonida foyda keltiruvchi
yangi texnologiyadir.
Nou-xau-yangi texnologiyalarni foyda olish mqsadida ishlab chiqarish
jarayonida qo‘llash.
54
Nou-xau xo‘jalik yurituvchi subyekt ta’sischilari kelishuvida aniqlangan
qiymat bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitaliga ulush hisobida
ta’sischilar kiritishi ham mumkin.
Tashkiliy xarajatlar, xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil qilish davomida
vujudga keladi, xo‘jalik yurituvchi subyekt har bir ishtirokchisi faoliyatning
boshlang‘ich davridagi tashkiliy xarajatlar va yo‘qotishlardan tashqari,
maslahatchilar xizmatlari, reklama tadbirlari, hujjatlarni tayyorlash, ro‘yxatga olish
va xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Patent - bu yuridik jihatdan tan olingan va ro‘yxatga olingan mutloq
huquqdir. Patentga tegishli huquq uning egasiga tash- qaridan boshqa shaxslar
aralashmasligi sharti bilan buyumdan yoki g‘oyadan foydalanish, ularni ishlab
chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini beradi.
Patent - yuridik kuchga ega bo‘lgan va ro‘xatga olingan huquqdir.
55
Patentning tegishli organlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning
himoyalanishiga kafolat bermaydi. Ushbu huquqlar sudda muvafaqqiyat bilan
himoyalanmaguniga qadar raqobatbardosh bo‘la olmaydi. Shuningdek, sudda huquq
himoya qilinishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni patent bahosining bir qismi sifatida
kapitallashtirish lozimligi to‘g‘risida umumiy kelishuv mavjud.
Mabodo sud jarayonida yutqazilsa, u bilan bog‘liq xarajatlar ham
amortizatsiya qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi
Dostları ilə paylaş: |