7 bob. Nomoddiy aktivlar hisobi


  Nomoddiy aktivlarni qayta baholash



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix21.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#133478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-mavzu

7.5. 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash - nomoddiy aktivlarning balans (tiklash) 
qiymatini joriy bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan 
aniqlashtirishdir. 
Korxona qayta baholashni agarda joriy qiymatni faol bozor ma’lumotlari 
asosida aniq belgilash mumkin bo‘lgan shartlarda qayta baholash sanasidagi joriy 
qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshirishi mumkin. 
Qayta baholashni yetarlicha muntazamlik bilan amalga oshirish lozim, toki 
balans (tiklash) qiymati balans hisobotini tuzish sanasidagi bozor qiymatidan farq 
qilmasin. 
Nomoddiy aktivni qayta baholash chog‘ida ushbu qayta baholanayotgan aktiv 
taalluqli bo‘lgan bir turdagi nomoddiy 
aktivlarning barcha guruhi qayta baholanishi kerak, bunday aktivlar uchun faol 
bozor mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno. 
Oayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
hisobotda joriy (tiklash) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning ushbu turi bo‘yicha 
faol bozor narxlari asosida belgilash mumkin. 
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymatini faol bozor 
ma’lumotlari asosida boshqa belgilash mumkin bo‘lmasa, nomoddiy aktivning 
balans qiymati jamlangan amortizatsiya chegirilgan holda, faol bozor ma’lumotlari 
asosida uning oxirgi qayta baholangan sanadagi tiklash qiymati bo‘lishi kerak. 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda joriy qiymatni hujjatlar asosida 
tasdiqlash uchun korxonaning ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan foydalanilishi 
mumkin: 
a) 
tayyorlovchi 
firmalar 
va 
ularning 
rasmiy 
dilerlari 
hamda 


vakolatxonalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday nomoddiy aktivga doir 
narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
b) 
qayta baholashni o‘tkazish sanasiga va nomoddiy aktivlarni xarid qilish 
sanasiga Markaziy bank kurslarining nisbati sifatida aniqlanadigan hisob-kitob 
koeffitsientini qo‘llagan holda xarid qilish sanasiga EAVda nomoddiy aktivlarning 
qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda); 
c) 
qayta baholashni o‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus 
adabiyotlar va shu kabilarda e’lon qilingan narxlar darajasi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 
d) 
tegishli nomoddiy aktivning qiymati to‘g‘risida baholov- chining hisoboti. 
Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (tiklash) qiymatini qayta baholash 
chog‘ida ularning qayta baholash sanasidagi jamlangan amortizatsiyasi nomoddiy 
aktivlarning boshlang‘ich (tiklash) qiymatini o‘zgartirishning tegishli indekslariga 
tuzatiladi hamda keyinchalik amortizatsiyani hisoblash qayta baholangan (tiklash) 
qiymatidan amalga oshiriladi. Oayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy 
qiymatini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarning qo‘shimcha baholangan 
summasi rezerv kapitali tarkibiga “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” 
schyotiga o‘tkaziladi. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar qiymatining kamayish summasi 
avvalgi hisobot davrlarida o‘tkazilgan ushbu obyektning qo‘shimcha baholash 
summasi chegarasida "Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti bo‘yicha 
rezerv kapitalini kamaytirishga olib boriladi. Obyekt qiymatining kamayish 
summasining uning qo‘shimcha baholash summasidan yuqorisi boshqa operatsion 
xarajatlarga kiritiladi. 
Nomoddiy aktivlarning qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta 
baholash amalga oshirilgan joriy davrda moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin