7 bob. Nomoddiy aktivlar hisobi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix21.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#133478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-mavzu

7.1.-jadval 
Gudvill boyicha xojalik operatsiyalarini aks ettirish 
Muomala mazmuni 
Summa, mln. 
so‘m 
Debet 
Kredit 
Korxonani sotib olish aks ettirildi 
100 
0890 
6010 
Korxona aktivlarining buxgalteriya balansiga 
muvofiq haqiqiy qiymati bo‘yicha kirim 
qilinishi 
73 
0100;0400; 
1000 
0890 
Sotib olish bahosi bilan kirim qilingan 
aktivlarning haqiqiy qiymati o‘rtasidagi farq 
sifatida gudvillni (musbat) aks ettirish 
17 
0480 
0890 


7.4. 
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi 
Nomoddiy aktivlarning qiymati amortizatsiya hisoblash yo‘li bilan 
so‘ndiriladi. Amortizatsiyalanadigan qiymat foydali xizmat muddati mobaynida 
korxona xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida muntazam 
taqsimlanadi. 
Nomoddiy aktiv bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur 
obyekt nomoddiy aktivlar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi 
sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati 
to‘liq so‘ndirilgunga qadar yoxud bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilguncha 
amalga oshiriladi. 
Nomoddiy aktiv bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur 
obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq so‘ndirilgan yoki bu obyekt 
balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasida 
to‘xtatiladi. 
Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya 
ajratmalarini hisoblash to‘xtatilmaydi, nomoddiy aktivdan foydalanishda bevosita 
va bilvosita cheklovlar (masalan: asosiy vositalar va boshqa aktivlarni 
konservatsiyalash, rekonstruksiya qi- lish, zamonaviylashtirish) mavjud bo‘lgan 
holatlar bundan mustasno. 
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisob- lash hisobot 
davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’iy nazar amalga oshiriladi va u tegishli 
bo‘lgan hisobot davrining buxgal- teriya hisobida aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summalari 
buxgalteriya hisobida alohida schyotlardagi tegishli summalarni jamlash yo‘li bilan 
aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini belgilashda quyidagi omillarni 
e’tiborga olish lozim: 
a) 
nomoddiy aktivning kutilayotgan foydali xizmat muddati; 


b) 
ishlab chiqarishni o‘zgartirish va yaxshilash natijasida yoki mazkur aktiv 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga nisbatan bozor 
talablarining o‘zgarishi natijasida texnika jihatidan eskirish; 
d) aktivdan foydalanishdagi yuridik va boshqa cheklovlar (masalan, 
foydalanish muddati tugashi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar). 
Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati korxona tomonidan nomoddiy 
aktiv buxgalteriya hisobiga qabul qilinish chog‘ida belgilanadi. 
Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatini belgilash quyidagilardan 
kelib chiqqan holda amalga oshiriladi: 
a) 
patent, guvohnomaning amal qilish muddati va O‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlariga muvofiq nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatining boshqa 
cheklanishi; 
b) 
ushbu obyektdan foydalanish ko‘zda tutilayotgan muddat, ya’ni korxona 
iqtisodiy foyda (daromad) olishi mumkin bo‘lgan muddat. 
Nomoddiy aktivlarning alohida guruhlari uchun foydali xizmat muddati ushbu 
nomoddiy aktivdan foydalanish natijasida olinishi kutilayotgan mahsulotlar miqdori 
yoki ishlar hajmining boshqa moddiy ko‘rsatkichidan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. 
Foydali xizmat muddatini belgilash mumkin bo‘lmagan nomoddiy aktivlar 
bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari me’yori besh yil hisobida belgilanadi. 
Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati, agarda O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlarida boshqa hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, nomoddiy 
aktiv foydalanishga tayyor bo‘lgan paytdan boshlab korxonaning faoliyat ko‘rsatish 
muddatidan oshmasligi lozim. 
Amortizatsiya quyidagi usullarni qo‘llash yo‘li bilan hisoblanadi: 
a) 
amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash. 
Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida 
amortizatsiya teng maromda, nomoddiy aktivlarni foydali xizmat muddati 
mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng 
ulushlarda hisoblanadi. 


Mazkur usulga ko‘ra nomoddiy aktivlarning amortizat- siyalanadigan qiymati 
uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan 
chiqariladi (taqsimlanadi). Usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining 
davom etish vaqtiga bog‘liqligiga asoslangan. 
Har bir davr uchun amortizatsiya ajratmalari summasi amortizatsiyalanadigan 
qiymatni obyektdan foydalanilgan hisobot davrlaridagi soniga bo‘lish yo‘li bilan 
hisoblanadi. 
Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya 
ajratmalarining yillik summasi ushbu nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan 
qiymati va foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi; 
b) 
bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash 
(ishlab chiqarish) usuli. 
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yilda 
nomoddiy aktivdan foydalanishdan olinadigan mahsulotlarni hisobga olishga 
asoslangan. 
Mazkur usul bo‘yicha har yillik amortizatsiya miqdorini hisoblash uchun butun 
foydali xizmat muddatidagi umumiy baholangan mahsulotlarni va mazkur muayyan 
yildagi mahsulotlarni aniqlash lozim. Mahsulot sifatida ishlab chiqariladigan 
mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni va boshqalar olinishi mumkin. 
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya 
ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining 
natural ko‘rsatkichidan hamda amortizatsiyalanadigan qiymatni nomoddiy 
aktivning butun foydali xizmat muddatidagi nazarda tutilayotgan mahsulot (ishlar, 
xizmatlar) hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Nomoddiy aktivlardan intensiv foydalanilganda, shuningdek ilmiy-texnikaviy 
jarayonning katta ta’sirida nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi quyidagi usullarda 
hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yo‘li bilan ifodalanadi: 
a) 
ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli; 
b) 
yillar summasi usuli (kumulyativ usul). 
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuliga ko‘ra 


amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot yili boshidagi nomoddiy 
aktivning qoldiq qiymatidan va mazkur nomoddiy aktivning foydali xizmat 
muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar 
me’yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan 
qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda faraz qilinayotgan 
tugatish qiymati boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi. 
Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) ko‘ra har yili amortizatsiya 
me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan 
qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga 
qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar 
tartib sonlari yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanadi. 
Yillar summasi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining 
yillik summasi nomoddiy aktivning tugatish qiymati ayrilgan holda boshlang‘ich 
(tiklash) qiymatidan hamda suratida nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati 
oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa - nomoddiy aktivning foydali 
xizmat muddati yillari soni yig‘indisining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Hisobot yili davomida nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizat- siya ajratmalari 
qo‘llaniladigan hisoblash usulidan qat’iy nazar (amortizatsiyani hisoblashning 
ishlab chiqarish usulidan tashqari) yillik summaning 1/12 miqdorida har oyda 
hisoblanadi. 
Mavsumiy tusdagi ishlab chiqarish korxonalarida foydala- niladigan nomoddiy 
aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi korxona tomonidan 
nomoddiy aktivlardan foydalanish davri mobaynida teng maromda hisobot yilida 
hisoblanadi. 
Nomoddiy aktivlarning har xil turlariga (guruhlariga) nisbatan amortizatsiyani 
hisoblashning turli usullari qo‘llaniladi. Bunda bir turdagi nomoddiy aktivlar 
bo‘yicha (guruhi, turi va boshqalar bo‘yicha) faqat bitta usul qo‘llaniladi. 
Qo‘llaniladigan amortizatsiyani hisoblash usuli va nomoddiy aktivning foydali 
xizmat muddatini qayta ko‘rib chiqish mumkinligi korxonaning hisob siyosatida 
majburiy tartibda aks ettirilishi kerak. 


Agar nomoddiy aktivlardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy foydada 
sezilarli darajada o‘zgarish yuz beradigan bo‘lsa, amortizatsiyani hisoblash usuli 
o‘zgarayotgan tamoyilni aks ettirish uchun shunday o‘zgartirilishi kerakki, toki 
yuzaga kelgan vaziyat amortizatsiya usulining o‘zgartirilishini oqlasin. Bunday 
o‘zgartish hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Bunda moliyaviy hisobotga 
tushuntirish xatida mazkur o‘zgartish sabablari va ularning iqtisodiy samarasi ochib 
berilishi kerak. 
Agar nomoddiy aktivlarni yaxshilaydigan va binobarin, xizmat muddatini 
uzaytiradigan yoki bu muddatni qisqartiradigan amalga oshirilgan xarajatlarni 
hisobga olgan holda kelgusi davrda aktivning foydali xizmat muddatining o‘zgarishi 
yoki kelgusidagi iqtisodiy foydani olish shartlarining o‘zgarishi kutilayotgan bo‘lsa, 
nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati har bir hisobot yili oxirida qayta ko‘rib 
chiqilishi mumkin, shuningdek, agar prognozlar dastlabki baholardan sezilarli 
darajada farq qilsa, joriy va kelgusi davrlar uchun amortizatsiya summasini 
ko‘paytirish yoki kamaytirish kerak. 
Nomoddiy aktivning amortizatsiyasi o‘zgartirilgan oydan keyingi oydan 
boshlab yangi amortizatsiya hisoblash usuli va foydali xizmat muddatidan kelib 
chiqqan holda hisoblanadi. 
Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan qiymatini hisoblashda 
ularning tugatish qiymati hisobga olinadi. Tugatish qiymati uncha katta bo‘lmagan 
taqdirda, u amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblab chiqarishda hisobga 
olinmaydi. 
Agar tugatish qiymati sezilarli darajada bo‘lsa, u nomoddiy aktivlar xarid 
qilingan sanada yoki ularni qayta baholash sanasida belgilanadi. Tugatish qiymati 
nomoddiy aktivlarning xizmat muddati oxiridagi tugatish bo‘yicha kutilayotgan 
xarajatlarga kamaytirilishi kerak. 
Nomoddiy aktivning tugatish qiymati quyidagi hollarda nolga teng deb 
hisoblanadi: 
a) 
kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida uchinchi taraf bilan uni sotib 
olish haqidagi bitim mavjud bo‘lmasa; 


b) 
nomoddiy aktivning tugatish qiymati faol bozordagi dalillar bilan ishonchli 
belgilanishi mumkin emasligi munosabati bilan ushbu nomoddiy aktiv uchun faol 
bozor mavjud bo‘lmasa hamda nomoddiy aktivning kutilayotgan foydali xizmat 
muddati oxirida bunday bozorning mavjud bo‘lish ehtimoli bo‘lmasa. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin