7 bob. Nomoddiy aktivlar hisobi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix21.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#133478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-mavzu

7.3. 
-jadval 
Xojalik operatsiyalarini aks ettirish 
T/R
Xojalik operatsiyalarining mazmuni
Summa, ming 
so‘m
Debet
Kredit
1
Mutlaq huquqni qayta baholash aks 
ettiriladi
59 112,5
0410
8510
2
Hisoblangan amortizatsiyani 
qo‘shimcha baholash aks egtiriladi
1 970,2
8510
0510
7.6. 
Nomoddiy aktivlarning turlicha hisobdan chiqarishni 
hisobga olish 
Xojalik subyektlarida mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat 
ko‘rsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan nomoddiy 
aktivlar obyektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan chiqarilishi kerak. 
Ouyidagi xojalik operatsiyalari natijasida nomoddiy aktivlar obyektlarining qiymati 
korxona aktivlari tarkibidan chiqib ketadi: 
♦ 
realizatsiya, ya’ni huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida 
iqtisodiy ma’noda sotganda va yuridik ma’noda egalik huquqi to‘xtatilganida; 
♦ 
bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra 
hisobdan chiqarilganida; 
♦ 
nomoddiy 
aktivning 
amal 
qilish 
muddati 
tugagach 
hisobdan 
chiqarilganida; 
♦ 
boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shilganida; 
♦ 
huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida boshqa shaxslarga tekin 
topshirilganida. 


Nomoddiy aktivlar sotilishi munosabati bilan xojalik faoliyatidan chiqib 
ketadi. Masalan, patent egasi sanoat mulki obyektlaridan foydalanish huquqidan voz 
kechish (qayta voz kechish) to‘g‘risidagi shartnomaga asosan nomoddiy aktivga 
bo‘lgan mutlaq huquqdan jismoniy yoki yuridik shaxs foydasiga voz kechishi 
mumkin. Bunday shartnomalar respublika Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tgan 
bo‘lishi kerak, aks holda ular haqiqiy emas deb hisoblanadi. 
Nomoddiy aktivlar obyektlarining chiqib ketishi buxgalteriya hisobida 9220-
“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotida aks ettiriladi: 

9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debeti bo‘yicha 
nomoddiy aktivlarni hisobga olish schyotida hisobga olinadigan obyektning 
boshlang‘ich qiymati va ularning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aks 
ettiriladi; 

9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining krediti bo‘yicha 
hisob-langan amortizatsiya ajratmalari summasi, shuningdek chiqib ketayotgan 
nomoddiy aktivlar obyektini qayta baholash saldosi (agar aktiv qayta baholangan 
bo‘lsa) aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivlar sotilishidan olingan tushum 9220-schyot kreditida 4010-
“Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti bilan 
korrespondensiyada aks ettiriladi.9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti 
debeti bo‘yicha saldo (zarar) joriy hisobot davrida 9430-“Boshqa operatsion 
xarajatlar” schyotiga, krediti bo‘yicha saldo (foyda) esa 9320-“Boshqa aktivlarning 
chiqib ketishidan olingan foyda” schyotiga hisobdan chiqariladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin