7 bob. Nomoddiy aktivlar hisobi


Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix21.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#133478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-mavzu

Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo
<
yicha 
nomoddiy aktivlarning qiymati.
58
 
Ooldiq (balans) qiymat - nomoddiy aktiv moliyaviy hisobot (buxgalteriya 
balansi)da aks ettiriladigan, boshlang‘ich (tiklash) qiymati va jamlangan 
amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan miqdor
Faol bozor - oldi-sotdi obyektlari bir turda (bir xil) bo‘lgan va har qanday 
vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni 
topish mumkin bo‘lgan, shuningdek narxlar haqidagi ma’lumotlar oshkor 
(hammabop) bo‘lgan bozor; 
Mutlaq huquq - bu faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi 
bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxsga berilishi mumkin 
bo‘lgan mulkiy huquq. 
7.2. 
Nomoddiy aktivlarning kelib tushishi 
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida korxona balansiga kiritiladi: 
a) ishlab chiqish tugaganidan so‘ng yaratilgan obyektni qabul qilish-
topshirish; b) oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni sotib olish; 
d) 
ustav kapitaliga muassislar (ishtirokchilar)ning ulushi ko‘rinishida 
kelib tushish; 
e) 
tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha); 
f) 
davlat subsidiyalarini hisobga olish; 
g) 
ayirboshlash; 
h) 
ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar obyekt-larini aniqlash 
va boshqa asoslarga ko‘ra. 
Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati dastlab mo‘ljallangan 
kelgusidagi iqtisodiy foydani oshirishga imkon beradigan, ushbu nomoddiy 
aktivlarni takomillashtirish va ularning imkoniyatlari va foydali xizmat muddatini 
oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasiga oshiriladi. 


Korxona aktivning foydali xizmat muddati davomida mavjud bo‘ladigan 
kutilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy sharoitlar haqidagi rahbariyatning juda 
yaqinlashtirilgan bahosini ifodalovchi asoslangan va tasdiqlangan taxminidan 
foydalangan holda kelgusidagi iqtisodiy foyda olish ehtimolini baholaydi. 
• 
Nomoddiy aktiv xarid qilindi: 
Debet 0830; 
Kredit 6010 . 
• 
Nomoddiy aktiv balansga qabul qilindi: 
Debet 0410-0490; 
Kredit 0830. 
• 
Nomoddiy aktiv tekinga olindi: 
Debet 0410-0490; 
Kredit 8530. 
• 
Ta’sischilar ustav kapitaliga ulush sifatida kiritgan yoki aksiyalar haqini 
to‘lash hisobiga bergan nomoddiy aktiv kirim qilindi: 
Debet 0410-0490; 
Kredit 4610. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin