7.4.-jadval
Nomoddiy aktivlarning sotilishi munosabati bilan chiqib ketishi
Muomala mazmuni
Debet
Kredit
Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatini hisobdan chiqarish 9220
0400
Hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish
0500
9220
Nomoddiy aktivlarning sotilishidan olinadigan tushumni aks ettirish 4010
9220
Chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlar obyektini qo‘shimcha baholash 8510
9220
saldosini hisobdan chiqarish aks ettiriladi
QQSni aks ettirish
9220
6410
Nomoddiy aktivlarning sotilishidan ko‘rilgan zararni aks ettirish
9430
9220
Nomoddiy aktivlarning sotilishidan olingan foydani aks ettirish
9220
9320
Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar)
nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan olingan
daromaddan ularning qoldiq
(balans)
qiymatini, nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi bian bog‘liq bo‘lgan
bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi (7-son BHMS-
ning (AV tomonidan 27.06.2005 yilda 1485-son bilan ro‘yxatga olingan) 66-bandi
va Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (AV
tomonidan 14.01.2006 yilda 1539-son bilan ro‘yxatga olingan) 3-paragrafi.
Nomoddiy aktivning sotilishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani (foyda yoki
zararni) aniqlash chog‘ida ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivni qo‘shimcha
baholash saldosi, ya’ni mazkur nomoddiy aktivni ilgarigi qo‘shimcha baholashlar
summasining ilgarigi qiymatning kamayishi summasidan
yuqorisi bir vaqtning
o‘zida “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bo‘yicha
rezerv
kapitalini kamaytirish bilan nomoddiy aktivning sotilishidan ko‘rilgan
daromad
sifatida “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti kreditiga kiritiladi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1.
Nomoddiy aktivlarga nimalar kiradi va ularni izohlang?
2.
7-sonli “Nomoddiy aktivlar” nomli BHMS
va uning mazmuni nimalardan
iborat?
3.
Gudvill va bedvill hisobini yuritish tartibini tushuntiring.
4.
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarni tushuntirib bering.