7-variant 1. Tovar-moddiy zahiralari tarkibi va ularni farqli jihatlari
2. Ish haqidan ushlanmalarning turlari va uni ushlash tartibi
3. Kassa muomalalarini hisobga olish va kassir hisoboti
4. Korxonada 5 kunlik (40 soatlik) ish haftasi belgilangan. K.Rasulovning ish haqi oyiga 1 000 000 so‘mni tashkil etadi. 2017 yil martida unga, maoshdan tashqari, loyiha ustida muvaffaqiyatli ishlagani uchun 200 000 so‘m mukofot to‘lashdi. Ishlab chiqarish zarurati munosabati bilan rahbariyatning farmoyishiga ko‘ra K.Rasulov bayram kunlari - 8 va 21 martda ishlagan. Bir oyda u 22 kun ishlagan. Muomalalarni provodkalarda aks ettiring. Qo‘liga tegadigan summani aniqlang.
JAVOBLAR: 1. Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular tovarmoddiy zahiralar deb ataladi. Tovar-moddiy zahiralar hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Tovar-moddiy zahiralar harakati bilan bog'liq o'zgarishlarni vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish. 2. Tovar-moddiy zahiralarni joylashda ularning to'g'ri saqlanishi ustidan nazorat olib borish. 3. Moddiy-texnika ta'minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib borish. 4. Tovar-moddiy zahiralarning ishlab chiqarishga to'g'ri berilishi va ularni sarflash me'yoriga rioya qilish ustidan nazorat olib borish. 5. Hisoblashda sarflangan tovar-moddiyzahiralarni kal`kulyatsiya ob'ektlari o'rtasida to'g'ri taqsimlash. 6. Ichki resurslarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan tovar-moddiy zahiralarni aniqlash va sotish. Tovar moddiy zahiralarini turkumlash va baholash Ишлаб чиқариш захиралари – хўжалик юритувчи субъектда кейинчалик қайта ишлашга йўналтирилган сотиб олинган ёки мустақил равишда тайёрланган буюмлардир. Материаллар — ишлаб чиқариш жараёнида бир маротаба қатнашадиган ва ўз қийматини бир ишлаб чиқариш жараёни давомида тўлиқ янги яратилаётган маҳсулотга ўтказадиган активлардир. Хом ашё ва асосий материаллар – ишлаб чиқарилаётган маҳсулотларнинг моддий асосини ташкил этади ёки уни тайёрлашнинг зарурий қисми ҳисобланади. Тугалланмаган ишлаб чиқариш – тайёр маҳсулотга айлантирилиши уларнинг кейинчалик қайта ишланишини талаб этадиган товарлардир. Тайёр маҳсулот — сотиш учун мўлжалланган ва қайта ишланиши тугатилган буюмлар. Товарлар – ҳеч қандай ишлов бермасдан қайта сотиш мақсадида сотиб олинган моддий активлар.
Tovar-moddiy zahiralari tarkibiva ularni farqli jihatlari