1. Tovar-moddiy zahiralari tarkibi va ularni farqli jihatlari



Yüklə 131,38 Kb.
səhifə8/9
tarix22.12.2023
ölçüsü131,38 Kb.
#190184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7 dan 9 gacha

2-savolga javob.
Mehnatga haq to’lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash zarur. Demak, korxonada mehnatga haq to’lashni tashkil etish biri-biriga bog’liq bo’lgan uchta elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va mehnatga haq to’lash shakllari. Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, ish haqi hisoblash tartibi esa mehnatga haq to’lash shakllari bilan aniqlanadi. Ishchilar mehnatiga haq to’lashda tarif setkasi asos bo’lib hisoblanadi. Тarif setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to’lash shakli va mazkur sohaning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Тarif tizimiga quydagilar kiritiladi:
- bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif stavkasi;
- haq to’lashda ish va ishchilarning (malakasi) turli razradlari orasidagi munosabatlarini ko’rsatuvchi tarif setkasi;
- tarif-malakaviy ma’lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va ishchining razradi aniqlanadi.
Oddiy ishlar 1-razradli ishchining tarif stavkasi bilan to’lanadi. Mehnat malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsiyentiga, qarab qolgan razradlarning tarif stavkalari bu razraddan ortiq bo’ladi. Тarif razradi har bir ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun ish bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif stavkasidan foydalaniladi. Mehnatga haq to’lash shakli, mukofotlar, qo’shimcha haqlar, rag’batlantirish to’lovlari, kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan jamoa shartnomasi bilan belgilanadi. Davlatning tarif stavkalari va okladlari korxonada ishchilarning malakasiga, kasbiga, ular tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida foydalanilishi mumkin. O’zR Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-iyuldagi 280-sonli qarori bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setkasi qabul qilingan bo’lib, unda mehnatga haq to’lash bo’yicha razradlar va 0-razradga nisbatan tarif koeffitsiyentlari belgilangan. Тarif stavka va okladlar tizimi tuzilishini asosi bo’lib 0-razradga belgilangan minimal oylik summasi hisoblanadi. Korxonalarga mehnatga haq to’lash shakl va tizimlarini mustaqil belgilash huquqi berilgan. Mehnatga haq to’lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnatga ishbay shaklida haq to’langanda ish haqi, mahsulotning sifati, murakkabligi va ish sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoriga bog’liq. Vaqtbay shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va ish sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga bog’liq. Ishbay ish haqi shakli ishchilarni, ilg’or tajribalardan foydalangan holda, mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jihatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq to’lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat’iy tekshirish zarur. Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to’lash tizimlariga bo’linadi: to’g’ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv, egri ishbay tizim. Mehnatga vaqtbay shaklida haq to’langanda ish haqi hisoblash bo’yicha asos qilib ishchining sarflagan vaqti va tarif stavkasi olinadi. Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to’lashning oddiy vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofot tizimi. Oddiy vaqtbay tizimida ish haqi bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog’liq. Vaqtbay-mukofot tizimida oddiy vaqtbay tizimi bo’yicha hisoblangan ish haqiga qo’shimcha qilib bajarilgan ishning sifati, material, yoqilg’ilarni, tejalishi bekor turishlarni qisqarishi, mashina va agregatlarni to’xtovsiz ishlashi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab mukofot hisoblanadi.

Иш ҳақи ҳисоблаш ведомостида (кайдномада) куйидаги кўрсаткичлар бўлади:


◼ Тўлов турлари бўйича ҳисобланган жами иш ҳақи;
◼ иш ҳақидан ажратма ва тўловлар ушлаб қолинди ва ҳисобланди;
◼ қўлга бериладиган иш ҳақи миқдори.
Ишчи ва хизматчиларга ҳисобланган иш ҳақи буйича ҳисоб -китобини олиб бориш бухгалтерия ҳисобини 6710-«Ходимлар билан иш ҳақи буйича ҳисоблашишлар» счётида олиб борилади:
Корхонани хар бир ишчи ва хизматчиси 11 ой ишлагандан сўнг таътил олиш хукукига эга. Таътил куни учун иш ҳақи, олдиндан ташкил килинадиган захира суммаси ҳисобидан берилади. Захира суммаси бухгалтерия ҳисобини 8910 - «Келгуси давр харажатдари ва тўловлари захираси» счётида ҳисобга олинади.
Таътил кунига иш ҳақи ҳисоблашда, ишчи бир йилдаbолган асосий иш ҳақи, мукофот, кўшимча ҳақ, касаллик варакаси бўйича ҳақ ҳисобга олинади ва уларни умумий йигиндиси 12 ойга бўлиниб, бир ойлик ўртача иш ҳақи аникланади. Шундан сўнг бир ойлик ўртача иш ҳақи 25,4 кунга бўлиниб, бир кунлик иш ҳақи аникланади ва у таътил кунларига кўпайтирилади. Ишчи ва хизматчиларвақтинчалик иш кобилиятини йукотганда, уларга касаллик варакасига асосан нафака берилади. Нафака миқдори касал бўлишдан олдин ишлаган ойни ўртача иш ҳақига ва ходимни иш стажига боғлик. Иш стажи 5 йилгача бўлганда иш ҳақини 60% ва 5 йилдан ортик бўлса 80% ҳисобланади.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 03.12.2019 yildagi O‘RQ-586-son

Yüklə 131,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin