1. Tovar-moddiy zahiralari tarkibi va ularni farqli jihatlari



Yüklə 131,38 Kb.
səhifə4/9
tarix22.12.2023
ölçüsü131,38 Kb.
#190184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7 dan 9 gacha

8-variant
1ga javob Materiallar harakatini hisobi materiallarni hisobi bo’yicha asosiy nizom talablariga javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ularning hujjat aylanishi korxonaning xarakteriga, ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga, moddiy – texnik ta’minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga qarab belgilanadi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni minimal bo’lib, EҲMdan foydalanilsa bir nusxa, hisob qo’lda yuritilsa – ikki nusxadan oshmasligi kerak. Odatda materiallarni omborga ekspeditor olib keladi va unga korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan, muhrlangan (M-2-shakl va M-2a-shakl) ishonchnoma yozib beriladi hamda (M-2b-shakl) maxsus daftarga qayd qilinadi. Materiallarni o’z vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni marketing bo’limi olib boradi. Marketing bo’limi mol yuboruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilib boradi, materiallarning sifati va kamomadi bo’yicha da’volarni rasmiylashtiradi, agar yuklar o’z vaqtida kelib tushmasa ularni qidirib topadi. Тransport tashkilotlaridan yuklarni qabul qilib olishda ekspeditor idishlar, plombalar holatiga alohida etibor berishi kerak. Agar ular shikastlangan bo’lsa, yuklarni tekshirish va topshirishni talab qiladi. Basharti kamomad yoki nobudgarchilik aniqlansa, transport tashkilotiga yoki mol yuboruvchiga da’vo qilish uchun tijorat dalolatnomasi tuziladi. Ekspeditor tomonidan materiallar omborga topshirilishda moddiy javobgar shaxs kelib tushgan materiallarning soni, sifati va assortimentini mol yuboruvchining hujjatlarini solishtirib ko’radi. Haqiqiy kelib tushgan materiallarning miqdori mol yuboruvchilarning hujjatlarida ko’rsatilganiga to’liq mos kelsa, moddiy javobgar shaxs tomonidan kirim orderi (M-4 shaklidagi kirim orderi) yoziladi. Dastlabki hujjatlar miqdorini kamaytirish maqsadida kelib tushgan materiallarni kirimga olishda kirim orderi yozilmasdan, mol yuboruvchining hujjatlariga (nakladnoylariga) kirim orderining asosiy rekvizitlari ko’rsatilgan mahsus shtampa qo’yib, uni to’ldiradi. Agar materiallar mol yuboruvchining omboridan avtotransport bilan markazlashgan holda olib kelinsa, to’rt nusxada tovar-transport nakladnoyi (M-5 -shakl va M-6- shakl) tuziladi: mol xarid qiluvchiga – kirim orderini o’rniga materiallarni kirimga olish uchun; mol yuboruvchiga – material qiymatliklarini hisobdan chiqarish uchun; avtotransport xaydovchilariga ish haqi hisoblash uchun; bankka topshirish uchun. Тo’lov hujjatlarisiz kelib tushgan materiallarni mol yuboruvchining hujjatlari bilan solishtirgan vaqtda aniqlangan (son, sifat) tafovutlarni rasmiylashtirishda materiallarni qabul qilish to’g’risida dalolatnoma (M-7-shakl) tuziladi. Dalolatnoma qabul komissiyasi tomonidan tuzilib, unda quyidagilar qatnashishi shart: mol yuboruvchining vakili yoki betaraf tashkilotning vakili, ombor mudiri va korxonaning ta’minot bo’limi vakili. Komissiyani korxona rahbari tayinlaydi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: birinchisi – kam yoki ortiqcha chiqqan materiallar summasini schyotlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi; ikkinchisi – da’vo rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar bo’yicha qo’shimcha to’lov talabnomasi yuborish to’g’risida mol yuboruvchilarga xabar berish uchun marketing bo’limiga topshiriladi. Dalolatnoma tuzilgan bo’lsa kirim orderini tuzish shart emas. Kirim orderlari materiallar kelib tushgan kuni tuziladi. Ombordan omborga materiallarni topshirishda yoki foydalanilmay qolgan materiallarni yoki ishlab chiqarishning qimmatli chiqindilarini, yaroqsiz mahsulot chiqindilarini asosiy vositalar, inventar va xo’jalik jihozlarini tugatishdan olingan material qiymatliklarini sexlar tomonidan omborga topshirishda nakladnoy-talabnomalar (M-11-shakl) tuziladi. Materiallarni topshiruvchi moddiy javobgar shaxslar nakladnoylarni ikki nusxada tuzadi: bittasi - materiallarni hisobdan chiqarish uchun sexga beriladi, ikkinchisi – materiallarni qabul qilib olish uchun omborchiga beriladi. Materiallarni ishlab chiqarishga jo’natish, xo’jalik extiyojiga ishlatish, xo’jalik faoliyatida ishlatilmaydigan ortiqcha materiallarni chetga sotish muomalalari limit-zabor kartalar, to’lov nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi. 19-sonli BHMSga muvofiq saqlash joylari bo’yicha davriy inventarizatsiya o’tkaziladi. Materiallarning qoldig’i va kirimi schyotning debetida haqiqiy tannarx summasida sarflanishi – FIFO va AVEKO usullarida haqiqiy tannarx summasida aks ettiriladi. Material qiymatliklar hisobdor shaxslardan, o’zining ehtiyoji uchun yordamchi ishlab chiqarishlardan tushishi mumkin. Bundan tashqari, sexlar tomonidan tejalgan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish chiqindilari, yaroqsiz mahsulotdan, asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan olingan materiallar omborga qabul qilinadi.

2010, 2310, 2510, 2610, 3100 – schyotlar – FIFO va AVEKO baholari buyicha asosiy ishlab chiqarish mahsulotini tayyorlashga;

6010 –mol yuboruvchilardan tushgan qiymatliklar - olingan qiymatliklarni tashish va olib kelish qiymatiga;


2710 – xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar ehtiyoji uchun materiallar sarflanganda


4200 –hisobdor shaxslar hisobidan sotib olingan qiymatliklar summasiga, hisobdor shaxslar tomonidan to’langan yuklash – tushirish xarajatlari summasiga;


9220–materiallarni chetga jo’natish va sotish bo’yicha; chetga sotilgan mahsulotga tegishli transport-tayyorlov xarajatlariga.


6710 – yuklovchilarga hisoblangan ish haqiga;


1510–«Materiallar tayyorlash va sotib olish» schyotida yo’ldagi material qiymatliklar to’g’risidagi joriy axborot aks ettiriladi.


6520 – yuklovchilarga hisoblangan ish haqidan ijtimoiy sug’urtaga ajratma;




2310 – yordamchi ishlab chiqarish sexlari tomonidan tayyorlangan va omborga topshirilgan buyumlar qiymatiga- omborga topshirilgan chiqindilar va tejalgan materiallar qiymatiga;




9210 – asosiy vositalarni tugatilishidan olingan va omborga topshirilgan chiqindilar qiymatiga;




2610 – batamom yaroqsiz mahsulotdan olingan va omborga topshirilgan chiqindilar qiymatiga;




2010 – asosiy ishlab chiqarishdan olingan va omborga topshirilgan chiqindilar va tejalgan materiallar qiymatiga.



FIFO yoki AVEKO usulida baholash qo’llanilganda material qiymatliklar haqiqiy tannarx bo’yicha baholanadi. Bunda 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyoti qo’llanilmaydi.

Yüklə 131,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin