1. Tovar-moddiy zahiralari tarkibi va ularni farqli jihatlari


Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to’lovlar



Yüklə 131,38 Kb.
səhifə2/9
tarix22.12.2023
ölçüsü131,38 Kb.
#190184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7 dan 9 gacha

2. .Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to’lovlar.
Korxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan budjet va budjetdan tashqari to’lovlar uchun ma’lum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan umumiy qoidaga ko’ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo’lmagan taqdirda esa - sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi mumkin. Bunda quyidagi holatlarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi: a) O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish uchun; b) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun; v) ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to’langan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to’lash uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan yohud haq to’lash noto’g’ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirilmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o’tib ketgan bo’lsa yoki xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini noto’g’ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi; g) o’z hisobidan xodim ta’til olib bo’lgan, ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning o’qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi; d) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o’rtacha oylik ish haqidan ortiq bo’lmasa; e) mehnat intizomini buzganligi uchun o’rtacha oylik ish haqining 20 % idan oshmagan miqdorda jarima. Ish haqini to’lash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy miqdori xodimga tegishli bo’lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi kerak. Ishchi va xizmatchilardan ushlanadigan daromad solig’i amaldagi yo’riqnomada3 belgilangan tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromadidan ushlanadi: • har bir fuqaroning soliq majburiyatining bazasi bo’lib o’tgan yili barcha manbalardan yig’ilgan daromad summasi hisoblanadi; • oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi; • daromadlar miqdoridan qat’iy nazar soliqdan butunlay ozod qilinadigan fuqarolar kategoriyasi nazarda tutilmagan. Daromad miqdoridan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasining barcha fuqorolari, chet el fuqarolari va fuqarosi bo’lmagan shaxslar soliqqa tortiladi; • agar fuqoroning korxonasidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana boshqa daromadlari bo’lsa, har yili ish haqisini ham qo’shgan holda olingan daromadlarining umumiy summasi to’g’risida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirishi kerak. Shuningdek, ushbu yo’riqnomaga muvofiq soliq to’lovchining asosiy ish joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromaddan quyidagi jadval bo’yicha ushlanadi.4 Soliqqa tortiladigan daromad miqdori Soliq summasi Eng kam ish haqining 5 baravari miqdorigacha Daromad summasining 13 % Eng kam ish haqining 5 baravaridan (+1 so’m) 10 baravari miqdorigacha Eng kam ish haqining besh baravari miqdorida olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan summaning 18 % Eng kam ish haqining 10 baravaridan (+1 so’m) va undan yuqori miqdoridan Eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida olinadigan soliq + o’n baravaridan oshadigan summaning 25 % Daromad solig’i hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad solig’i summasi korxona tomonidan budjetga o’z vaqtida va to’liq o’tkazib berilishi kerak.

Yüklə 131,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin