123
V BOB. MAMLAKATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI
TA‘MINLASH MEXANIZMI
5.1-§. Mamlakatning iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning
institutsional mexanizmining mazmuni, tamoyillari va o‗ziga
xos jihatlari
Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash– barcha xo‗jalik yurituvchi
subyektlarning iqtisodiy manfaat nuqtayi nazaridan muttasil tarzda
o‗zaro aloqada bo‗lishni, shuningdek, katta mablag‗ talab etuvchi
va doimiy ravishda amalga oshiriluvchi ko‗p qirrali jarayon
hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmini
shakllantirish borasida tizimli yondashuv iqtisodiy xavfsizlikni
ta‘minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Mazkur yondashuvga
muvofiq iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmining barcha
tarkibiy elementlari yaxlitlikda, o‗zaro bog‗liqlikda o‗rganiladi.
Ayni paytda tizimning har bir elementi iqtisodiy xavfsizlikni
ta‘minlashning ishonchlilik darajasini oshishiga xizmat qiluvchi
o‗ziga xos jarayonlari bilan ajralib turadi.
Xo‗jalik faoliyatini amalga oshirishning turli bosqichlarida
barpo
qilinuvchi
iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlashning
institutsional mexanizmi bunday mexanizmning muhim tashkil
etuvchisi hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning institutsional
mexanizmini qarab chiqishdan avval, xavfsizlik institutlari
tushunchasiga aniqlik kiritib olishimiz talab etiladi:
Institutlar – bu har qanday jamiyatda o‗zaro aloqalarning
amalga oshirilishini belgilab beruvchi rasmiy yoki norasmiy
qoidalar va me‘yorlar tizimi;
Institutlar – har qanday jamiyatdagi o‗ziga xos ―o‗yin
qoidalari‖;
124
Institutlar – bu insonlar o‗zlarining kundalik hayotlarida
amal qilib yashaydigan tafakkur tarzi;
Institutlar– bu o‗tmishda sodir bo‗lgan jarayonlarning
natijasi.
Individga ta‘sir ko‗rsatishi nuqtayi nazaridan barcha
institutlarni rasmiy va norasmiy institutlarga ajratish mumkin.
Norasmiy institutlar insonlarning jamiyatda o‗zlarini tutishlari va
xatti-harakatlariga nisbatan qat‘iy cheklovlar o‗rnatmaydi,
aksincha, insonlarning jamiyatda yashashlarini imkon darajasida
yengillashtirishga xizmat qiladi. Norasmiy qoidalaga amal
qilmaslik qat‘iy jazolanmasada, aksariyat hollarda bunday
norasmiy qoidalarga amal qilmaslik jamiyat a‘zolari tomonidan
ma‘qullanmaydi. O‗z navbatida, ularning buzilishi yetarlicha
qattiq jazolanishiga sabab bo‗luvchi qoidalarni rasmiy institutlar
sifatida qabul qilishimiz mumkin bo‗ladi.
Rasmiy institut norasmiy institutning o‗ziga xos davomi
sifatida qaraladi. Jamiyatda mavjud o‗zini tutishning yozilmagan
qonun-qoidalari, tarkib topgan urf-odatlar va an‘analardan tobora
murakkab jarayonlarga o‗tib borganimiz sari jamiyatda qat‘iy
qonun-qoidalar shakllanib, individlarning xatti-harakatlari va
qonun-qoidalar rasmiy ko‗rinish ola boshlaydi. Bunda ko‗pincha
rasmiy institutlar norasmiy qoidalar asosida vujudga keladi.
Rasmiy institut – bu shunday institutki, unga ko‗ra jamiyat
hayotini tartibga solish borasidagi barcha xatti-harakatlar,
qoidalar, qonunlar va me‘yoriy hujjatlar, rasman tasdiqlangan
ko‗rsatmalar, yo‗riqnomalar, qoidalar, reglament, nizomlar va shu
kabilar asosida tartibga solinadi. Davlat, armiya, sud, oila, maktab
va boshqalar rasmiy ijtimoiy institutlar hisoblanadi. Rasman qat‘iy
belgilangan salbiy va ijobiy sanksiyalar asosida mazkur institutlar
o‗zlarining boshqaruv va nazorat funksiyalarini amalga
125
oshiradilar. Iqtisodiy rivojlanishning institutsional tuzilmasi–
iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmini tashkil etuvchi
o‗zaro bog‗liq bo‗lgan institutlar (rasmiy va norasmiy
munosabatlar)ning yig‗indisidan iboratdir.
Mazkur
qoidalarning
yaxlitligi
ierarxik
ko‗rinishda
ifodalangan bo‗lib, bunda qoidalarning eng boshida mamlakat
konstitutsiyasi, so‗ngra qonun hujjatlari va qonunlar to‗plami,
davlat organlari hamda mahalliy hokimiyat idoralarining qaror va
ko‗rsatmalari turadi, ierarxik munosabatlarning asosini esa
individual bitimlar tashkil etadi. Mazkur ierarxiya darajasi
qanchalik yuqori bo‗lsa, rasmiy qoidalarni o‗zgartirish shunchalik
katta xarajatlarni talab etadi.
Institutsional mexanizm iqtisodiyotda yuz berayotgan
o‗zgarishlarning o‗ziga xos in‘ikosi hisoblangani holda, rasmiy va
norasmiy institutlarni harakatga keltiradi, xo‗jalik yurituvchi
subyektlar va agentlarning xatti-harakatlarini tartibga soladi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning institutsional mexanizmini
avvaldan shakllangan institutlar harakatga keltiradi va mazkur
institutlar jamiyatda belgilangan tartib va qoidalarga amal qilinishi
ustidan nazorat o‗rnatadi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning o‗zaro ta‘sirlashuvi
jarayonida qabul qilingan tartib va qoidalardan ma‘lum darajada
chetga chiqish holatlari kuzatiladi. Mazkur holatlar institutsional
mexanizmning samarasizligi, shuningdek, mavjud tartib va
qoidalar doirasida samaradorligi yuqori bo‗lgan norasmiy
institutlarning mavjudligi bilan ham bog‗liq bo‗lishi mumkin. Shu
sababli, institutsional mexanizmni qayta ko‗rib chiqish va
moslashtirish
talab
etiladi.
Ushbu
jarayonda
mazkur
mexanizmning xo‗jalik yurituvchi subyektlarning o‗zaro xatti-
harakatlariga qay tarzda ta‘sir ko‗rsatishi baholanadi. Tahlil
126
davomida o‗rnatilgan institutsional mexanizm doirasida legitiv,
rasmiy va norasmiy tartib va qoidalar birdek o‗rganiladi. Tahlil
natijasida eng samarali institutlar saralab olinadi. So‗ngra, eng
samarali deb topilgan norasmiy institutlar rasmiylashtiriladi,
og‗ishlar bartaraf etiladi va xo‗jalik yurituvchi subyektlarning
o‗zaro munosabatlari doirasiga rasmiy institutlarni joriy etish
amaliyoti sifatida interiorizatsiya jarayonlari amalga oshiriladi.
Institutsional mexanizm o‗zining bir qator jihatlari bilan
ajralib turadi:
xo‗jalik yurituvchi subyektlar va agentlar o‗rtasidagi
munosabatlarni aniqlashtirishda muhim o‗rin tutadi;
xo‗jalik yuritish mexanizmi doirasida rivojlanadi va uning
o‗zgarishi xo‗jalik yuritish mexanizmining transformatsiyasi
tufayli yuz beradi;
xo‗jalik aloqalari doirasida iqtisodiy subyektlar va
agentlarning o‗zaro munosabatlarini tartibga solishga va
belgilashga yo‗naltirilgan;
uning
yordamida
xo‗jalik
yuritish
mexanizmining
barqarorligini ta‘minlash va uning samaradorligini oshirishga
erishiladi;
xo‗jalik yuritish mexanizmining boshqa tarkibiy tashkil
etuvchilariga nisbatan o‗zining birmuncha konservativligi bilan
ajralib turadi;
xo‗jalik yuritish mexanizmi doirasida umumiy maqsadlarga
erishish
uchun
subyektlarning
individual
manfaatlarini
tizimlashtirishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi;
mazkur mexanizm orqali subyektlarning umum qabul
qilingan me‘yorlar va qoidalardan chetga chiqishlari tartibga
solinadi va mo‗tadillashtiriladi.
127
Iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlashning
institutsional
mexanizmini iqtisodiy xavf-xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan
tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy tavsifga ega bo‗lgan chora-tadbirlar
tizimi sifatida ifodalash mumkin. Bunday chora-tadbirlar tarkibiga
quyidagilar kiradi:
iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi xavf-xatarlarni
aniqlash, ularni bashoratlash va kelgusida mazkur xatarlarning
oldini olish maqsadida o‗tkaziluvchi iqtisodiy vaziyatning har
tomonlama va haqqoniy monitoringi;
bunday chegaraviy ko‗rsatkichlarga amal qilmaslik
kelgusida turli xil nizolar va beqaror vaziyatlarni keltirib
chiqarishi mumkinligini e‘tibordan chetda qoldirmagan holda
ijtimoiy-iqtisodiy ko‗rsatkichlarning chegaraviy qiymatlarini
aniqlashtirish. Chegaraviy qiymatlar (ko‗rsatkichlar) – bu
iqtisodiy manfaatlar nuqtayi nazaridan xo‗jalik faoliyatida yo‗l
qo‗yilishi mumkin bo‗lgan chegaraviy nisbatlarning raqamlarda
ifodalanuvchi
miqdoriy
indikatorlari
hisoblanadi.
Bu
ko‗rsatkichlarga
amal
qilmaslik
takror
ishlab
chiqarish
jarayonining turli ishtirokchilarini iqtisodiy jihatdan bir tekis
rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatgani holda, kelgusida mamlakat
iqtisodiy xavfsizligiga ham katta salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin:
davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash borasida ichki
va tashqi tahdidlarni aniqlashtirish va ularni bartaraf etish
borasidagi faoliyati.
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida
quyidagilarni ta‘minlash tavsiya etiladi:
1. Milliy manfaatlar; iqtisodiy siyosatning (strategik, uzoq
muddatli, qisqa muddatli) ustuvorliklari, maqsad va vazifalari.
2. Tahdid va xavf-xatarlar (ichki, tashqi).
128
3. Indikatorlar ( ko‗rsatkichlardan farqli o‗laroq, ular xabar
berish funksiyasini bajaradi).
4. Chegaraviy qiymatlar (iqtisodiyotning xavfsiz holatini
xavfli holatdan ajratib turadi).
5. Chegaraviy qiymatlar bilan indikatorlarning amaldagi va
istiqbolli
ko‗rsatkichlarini
taqqoslash
asosida
xavfsizlikni
baholash.
6.
Iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlash strategiya va
konsepsiyasi.
7. Tashkiliy-boshqaruv bloki.
Mamlakatimizda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning Davlat
strategiyasiga muvofiq, chegaraviy qiymatlar bo‗lib quyidagilar
hisoblanadi:
1.
Iqtisodiyotning tashqi omillarning ta‘siridan qat‘i nazar
kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonlarini ta‘min eta
olish. Bu o‗z navbatida, kundalik hayotda va shuningdek,
ekstremal vaziyatlarda ham davlatning mavjud bo‗lishi uchun
mamlakatda ishlab chiqarishning muhim hayotiy tarmoq hamda
sohalarini rivojlantirish imkoniyatlarini ko‗zda tutadi. Strategik
resurslar ustidan samarali davlat nazoratini o‗rnatish, ularning
mamlakat hududidan ortiqcha miqdorlarda olib chiqib ketishining
oldini olish, mamlakatning milliy manfaatlarini har qanday
vaziyatda ham faol himoya qila olish mamlakat iqtisodiy
xavfsizligini ta‘minlashning muhim sharti hisoblanadi.
2.
Aholi turmush darajasini yaxshilash va uni bir maromda
ushlab turish. Davlatning ijtimoiy-siyosiy jihatdan barqarorligini
ta‘minlash nuqtayi nazaridan qashshoqlik, aholi daromadlarining
tabaqalanishi va ishsizlik ko‗rsatkichlari qiymatining belgilangan
chegaralardan oshib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik.
129
3.
Investitsion faollikni oshirish maqsadida tegishli moliyaviy
shart-sharoitlarni yaratish, milliy valyuta, moliya va bank
tizimining barqarorligini ta‘minlash.
4.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga
chiqishiga keng imkoniyatlar yaratib beruvchi tashqi savdoning
maqbul tuzilmasini yaratish. Qo‗shni va yaqin xorij davlatlari
bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga alohida e‘tibor
qaratish.
5.
Mamlakatning ilmiy salohiyatini saqlab qolish va ilmiy-
texnikaviy taraqqiyotning strategik yo‗nalishlarida mamlakat
xavfsizligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan milliy ilmiy tadqiqot
muassasalari va oliy o‗quv yurtlarining har tomonlama
rivojlanishiga ko‗mak ko‗rsatish.
6.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda
umummilliy bozorlarning amalda bo‗lishi va turli xil separastik
tendensiyalarning
rivojlanishiga
to‗sqinlik
qiluvchi
va
umumdavlat manfaatlariga rioya etilishini ta‘min etuvchi yagona
iqtisodiy makonni saqlab qolish va xalqaro doirada keng ko‗lamli
iqtisodiy aloqalarni amalga oshishiga keng imkoniyatlar yaratib
berish.
7.
Jamiyat hayotining turli jabhalari va shuningdek, xo‗jalik
va
moliyaviy
faoliyat yuritish
soha
va
tarmoqlarining
kriminallashuvini oldini olish maqsadida qulay iqtisodiy va
huquqiy shart-sharoitlarni yaratish.
8.
Turli
iqtisodiy
vaziyatlarda
bozor
iqtisodiyotining
me‘yorda amal qilishini kafolatlash maqsadida davlatning
iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning zaruriy chegaralarini
aniqlashtirish va ta‘minlash.
Umuman olganda, yuqorida sanab o‗tilgan ko‗rsatkichlar
―iqtisodiy xavfsizlik‖ tushunchasi mohiyatini aniqlashtirishda
130
birmuncha qo‗l keladi va mazkur tushunchani har bir jihatini
inobatga olgan holda o‗rganish imkonini beradi. Chegaraviy
qiymatlar iqtisodiyot sohalari bo‗yicha mamlakatning milliy
manfaatlari doirasidan kelib chiqqan holda tasniflanadi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash institutsional
mexanizmining mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‗ladi.
Institutsional mexanizm quyidagi funksiyalarni bajaradi va ular
iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning institutsional mexanizmiga
to‗laligicha bog‗liq. Ularga:
1)
hamkorlikda faoliyatni yo‗lga qo‗yish maqsadida
umumiy normalar va statuslar asosida agentlarni bitta subyektga
integratsiyalashuvini ta‘minlash;
2)
qoida va me‘yorlar talablariga qo‗shiluvchi yoki inkor
etuvchilarga qarab subyektlarni va shuningdek turli institutlarning
agentlarini tabaqalashtirish;
3)
belgilangan talablar asosida institut subyektlari va
agentlarining o‗zaro aloqalarini reglamentlash;
4)
yangi talablarning kundalik real voqelikka aylanishini
amalga oshirish;
5)
kundalik odatga aylangan innovatsiyalarning takror
ishlab chiqarilishini ta‘minlash;
6)
turli institutlarga mansub bo‗lgan subyektlar o‗rtasidagi
o‗zaro munosabatlarni muvofiqlashtirish va ular o‗rtasida
subordinatsiyani ta‘minlash;
7)
subyekt va agentlarni qabul qilingan qoidalar va
shuningdek opportunistik xulq-atvorlari to‗g‗risida xabardor
qilish;
8)
institut tomonidan belgilangan talablarga rioya etuvchi
va uni inkor etuvchi subyektlar faoliyatini tartibga solish;
131
9)
me‘yor, qoida, kelishuv va shakllangan tartiblarga rioya
qilinishini nazorat qilish.
Institutsional mexanizm amalda bo‗lishining asosiy qoidalari
tamoyillar deb yuritiladi va bunday tamoyillariga quyidagilar
kiritiladi:
mamlakat qonunchiligi normalari va tizimning amalda
bo‗lishini belgilab beruvchi qoidalarga rioya qilish;
turli sohalarda faoliyat yurituvchi xo‗jalik subyektlari
iqtisodiy manfaatlarining muvozanatini ta‘minlash;
iqtisodiy xavfsizlikka tahdid va unga qarshi kurashish
borasidagi tadbirlarga ustuvorlik berish;
iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning resurs asosini yaratish
va uni mustahkamlash;
iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlashning
institutsional
mexanizmini boshqarishda markazlashgan va markazlashmagan
yondashuvlardan foydalanish hamda ularni joriy etish borasida
nazorat o‗rnatish;
ijtimoiy xo‗jalikning boshqa sohalarida xavfsizlikni
ta‘minlash mexanizmlari bilan institutsional mexanizmning o‗zaro
uyg‗unligini ta‘minlash;
iqtisodiy, huquqiy, siyosiy va shu kabi turli tavsifga ega
bo‗lgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda tizimli yondashuvga
asoslanish.
Yuqorida tilga olib o‗tilgan mexanizmning tarkibiy jihatlarini
aniqlashtirgan holda, birinchi navbatda, iqtisodiy xavfsizlikning
obyektlari bo‗lgan individlar, shaxslar, yaxlit holda jamiyat, uni
tashkil etuvchi ijtimoiy guruhlar va aholi qatlamlari, jamoat
birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar shuningdek, tegishli
davlat idoralari hamda tashkilotlari sifatida davlatga e‘tibor
qaratish talab etiladi. Ma‘lumki, umumiy holatda jamiyat va har
132
bir shaxs manfaatlari bir-biri bilan o‗zaro uzviy bog‗liqdir, shu
sababli huquqiy himoya obyekti sanaluvchi asosiy ijtimoiy
manfaatlar va ijtimoiy munosabatlar har bir ishtirokchining
hayotiy manfaatlari yaxlit bir butunligini tashkil etadi. Bunda
nafaqat xususiy va ommaviy manfaatlarning turlichaligi, balki
ularning alohida turlari o‗rtasida ham bir qator ziddiyatlarni
keltirib chiqaradi.
Iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlashning
institutsional
mexanizmini tashkil etuvchi barcha elementlarning o‗zaro
hamkorlikda bo‗lishini inkor etmagan holda, shuni alohida
ta‘kidlash lozimki, aynan iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash
mexanizmidagi tarkibiy beqarorlik mazkur mexanizmning
samarali faoliyat ko‗rsatishi borasida jiddiy kamchiliklarni keltirib
chiqaradi. Shu sababli ham, xo‗jalik yurituvchi subyektlarning
iqtisodiy
manfaatlarini
o‗zaro
muvofiqlashtirish
iqtisodiy
xavfsizlikni ta‘minlash institutsional mexanizmining samarali
faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlashda eng birinchi vazifa hisoblanadi.
Davlat iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning institutsional
mexanizmida asosiy muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarganligi
bois, yuqorida tilga olib o‗tilgan ziddiyatlar va qarama-
qarshiliklarni bartaraf etishda davlatning o‗rniga alohida e‘tibor
qaratiladi. O‗z manfaatlari yo‗lida harakatlanuvchi davlatga
qarashli
bo‗lmagan
nodavlat
subyektlari
institutsional
mexanizmning yuqori darajadagi funksiyalari (masalan, mamlakat
iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash strategiyasini ishlab chiqish)ni
uddalay olmaydilar, mazkur institutsional mexanizmning bir qator
funksiyalarini tor doiralardagina amalga oshira oladilar xolos.
Bugungi
kunda
mamlakatda
bozor
munosabatlarini
erkinlashtirish, davlatning boshqaruvchilik funksiyalarini qayta
ko‗rib chiqishga qaratilgan keng ko‗lamli ma‘muriy islohotlar
133
amalga oshirilayotgan bir sharoitda, iqtisodiy xavfsizlikni
ta‘minlash sohasida davlat va nodavlat tuzilmalarning uzviy
hamkorligi talab etiladi. Aynan shu maqsadda keyingi paytda
ma‘muriy islohotlarni amalga oshirish konsepsiyasi, ―O‗zbekiston
Respublikasining Jamoatchilik nazorati to‗g‗risida‖, ―O‗zbekiston
Respublikasining
davlat-xususiy
sherikchlik
to‗g‗risida‖gi
Qonunlari va qator Prezident farmonlari va qarorlari qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: |