Marketing (inglizcha: market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli.
*O`zbekistondagi kuchli marketologlar:
Shoxrux Nizamutdinov
Azizbek Yusufov
Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi.
1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama, haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro Marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.