Jizzax davlat pedagogika universiteti
Sirtqi bo’lim
2m-0700 gurux “informatika o’qitish metodikasi” yo’nalish
Tojiyev Sanjar
Internetda axborot qidiruv tizimlari
Axborot hayotimizda muhim ahamiyatga ega ekan, uni Internetdan kerakli
vaqtda, zarur miqdorda, qisqa vaqt ichida olib turishimiz kerak bo'ladi. Lekin,
Internetdan axborotni qisqa vaqt ichida olish muammosi ham bor. Bu darsda shu
muammoni
hal
etish
usullaridan
birini
ko'rib
chiqamiz.
Qidiruv tushunchasi. Intеrnеt tarmog’idagi qidiruv tushunchasi shuni
anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o’ziga kеrakli bo’lgan biror ma'lumot yoki
matеrialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Internet - bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab Web-
sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish
uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi
axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet
tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan Web-sahifalar
adreslari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to'liq axborot
olib bo'lmaydi. Chunki Internetdagi barcha Web-sahifalar adreslarini chop etish
uchun juda katta hajmli kitob kerak bo'ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan
Internetdagi bir qancha adreslar o'zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv
tizimlari
yaratilishi
bilan
osonlikcha
hal
etildi.
Intеrnеt tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Intеrnеt muhitida joylashgan vеb-
saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu esa
foydalanuvchiga kеrakli bo’lgan axborotni samarali qidirish va tеz topish
imkoniyatini
bеradi.
Dostları ilə paylaş: |