41
natijasida ayrim firmalar hatto shu sohaga ixtisoslashdilar. Masalan, AQSHda
«Market riserch korporeyshn of Amerika» kompaniyasi haftalik jurnalida
tovarlar bo‘yicha bozordagi ulushining o‘zgarishi, tovarlarning narxi va
qadoqlashdagi o‘zgarishlar, shartnomalar xususida axborot beradi. «A.K.
Nilson kompani»
nafaqat AQSHda, balki Germaniyada ham o‘z bo‘limiga
ega bo‘lib, antiqa tovarlar bo‘yicha bozor ulushining holati, chakana narxlar,
savdo qilayotgan yirik tashkilotlar xususida xabarlar yetkazadi.
Germaniyadagi «CFH» tadqiqot markazi («CFH» kompaniyasining
sho‘’ba korxonasi) 5000 uy xo‘jaliklari iste’molidagi o‘zgarishlar bo‘yicha
axborot beradi.
Demak,
marketing tashqi xabarnomasi
-
axborot quyi tizimi -
tashkilotning marketing muhitdagi o‘zgarishlar va holatlar xususida
to‘plangan axborot manbai bo‘lib, marketing boshqaruvchilari uchun qay
yo‘sinda ushbu muhitga ta’sir etish imkonini beradi.
Marketing tadqiqoti quyi tizimi
- tartibga solingan va to‘plangan
ko‘rsatkichlarni amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati xususida
tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig‘indisi tashkil etadi. Ushbu
quyi tizim marketing xabarnomasi - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot
uchun maxsus ishlangan, zaruriy ko‘rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi.
Ko‘pgina yirik chet el firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo
aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida mablag‘ sarflanadi. Odatda, marketing
tadqiqotlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari.
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa
va uzoq muddatli
bashoratlar o‘tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o‘zgarishlar va
korxona natijalari,
bozor manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki
muhiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va h.k.)
3. Tashkilot ma’suliyati bo‘yicha izlanishlar.
4. Bozor tahlili.
5. Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni
aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o‘zgarishlari tahlili,
sinov
marketingi o‘tkazish, sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha
va h.k.).
Dostları ilə paylaş: