• Основные стратегические варианты


Marketing tashqi xabarnoma



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

2. Marketing tashqi xabarnoma
- axborot tizimi marketing va tijorat 
faoliyatiga xos bo‘lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar 
natijalaridan tashkil topadi.
Kundalik matbuot (ro‘znoma va maxsus jurnallar), ta’minotchi va 
iste’molchilar bilan bo‘lgan muloqot natijalari, reklama e’lonlari va 
boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai bo‘lishi mumkin. Ushbu 
sohaga oid xabarlar va tahliliy ma’lumotlarga bo‘lgan talab ortib borishi 


41 
natijasida ayrim firmalar hatto shu sohaga ixtisoslashdilar. Masalan, AQSHda 
«Market riserch korporeyshn of Amerika» kompaniyasi haftalik jurnalida 
tovarlar bo‘yicha bozordagi ulushining o‘zgarishi, tovarlarning narxi va 
qadoqlashdagi o‘zgarishlar, shartnomalar xususida axborot beradi. «A.K. 
Nilson kompani» nafaqat AQSHda, balki Germaniyada ham o‘z bo‘limiga 
ega bo‘lib, antiqa tovarlar bo‘yicha bozor ulushining holati, chakana narxlar, 
savdo qilayotgan yirik tashkilotlar xususida xabarlar yetkazadi.
Germaniyadagi «CFH» tadqiqot markazi («CFH» kompaniyasining 
sho‘’ba korxonasi) 5000 uy xo‘jaliklari iste’molidagi o‘zgarishlar bo‘yicha 
axborot beradi.
Demak, 
marketing tashqi xabarnomasi
- axborot quyi tizimi - 
tashkilotning marketing muhitdagi o‘zgarishlar va holatlar xususida 
to‘plangan axborot manbai bo‘lib, marketing boshqaruvchilari uchun qay 
yo‘sinda ushbu muhitga ta’sir etish imkonini beradi. 
Marketing tadqiqoti quyi tizimi
- tartibga solingan va to‘plangan 
ko‘rsatkichlarni amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati xususida 
tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig‘indisi tashkil etadi. Ushbu 
quyi tizim marketing xabarnomasi - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot 
uchun maxsus ishlangan, zaruriy ko‘rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. 
Ko‘pgina yirik chet el firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo 
aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida mablag‘ sarflanadi. Odatda, marketing 
tadqiqotlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 
1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari. 
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli 
bashoratlar o‘tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o‘zgarishlar va 
korxona natijalari, bozor manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki 
muhiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va h.k.) 
3. Tashkilot ma’suliyati bo‘yicha izlanishlar. 
4. Bozor tahlili. 
5. Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni 
aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o‘zgarishlari tahlili, sinov 
marketingi o‘tkazish, sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha 
va h.k.). 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin