O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO O‘QITISH METODIKASI YO‘NALISHI
IV- BOSQICH 17.32-GURUH TALABASI
ABDUXALILOVA SHOXISTANING
SOTSIOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: EMPIRIK SOTSIOLOGIYANING METODOLOGIK VA METODIK MUAMMOLARI.
EMPIRIK SOTSIOLOGIK TADQIQOTLAR DASTURI.
Empirik sotsiologik tadqiqot—sotsiologik tadqiqotlardan biridir. U ijtimoiy muammoni har tomonlama va bir butunlikda o’rganish bo‘lib, uning haqiqiy, kuzatilgan ifodasida, shaxs va guruhlarning harakatlari va tafakkur obrazida hamda maxsus tuzilgan va aynan shu muammo rejasiga, metod va texnikasiz asoslanadi. Empirik sotsiologik tadqiqotlar xususiyati tadqiqot qilinayotgan hodisalar, individlar bilan bevosita aloqa va ularning hayot faoliyatlaridagi faktlar to’plamidir. Empirik sotsiologik tadqiqot
metodlarini tajriba yordamida bilishdir.
Lekin bu sotsiologik nazariy bilimlarga va nazariy metodlarga emas, balki o‘rganilayotgan muammoning mohiyatiga o‘zining kundalik hayotdagi qarashlariga tayanadi degani emas. Empirik sotsiologik tadqiqotlar nazariyasining barcha yutuqlarini qo’llab, nazariy, metodologik va metodik nuqtai nazardan fan rivojlanishining o‘zida aks ettirish. Ilm fanda to’plangan barcha bilimlar programma va empirik tadqiqotlar metodlarida amalga oshadi.
Programma bu asosiy nazariy metodologik shart-sharoitlarni bayon qilish va tadqiqotlarning bosqich va metodlarini tuzishdir. Programma nima va uning funksiyalari nimadan iborat? programma bu turli ilmiy vositalarni (prinsiplar, tushunchalar, metodlar) asosli tavsifi bo‘lib, sotsiolog bular yordamida zarur bilimlarga ega bo‘ladi va aniqsizlikdan aniqlikk o‘tadi. Programma darajasi tadqiqotlardagi zaruriy informatsiyaning sifati bilan belgilanadi. U sotsiologiyada ishlab chiqilgan bilish vositalarni o‘z ichiga olib, sotsiolog zarur bilimlar olish uchun qanday metodologik, nazariy, metodik va ish tartibi (protsedura) masalalarini yechish kerakligini aniqlaydi. Programma 2 bo‘limdan iborat:
Programmaning asosiy punktlarini mantiqiy tartibda sanab o‘tamiz
Dostları ilə paylaş: |