1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Ma’lumotlar bazasini yaratish. SQL tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish. Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar. AND, OR, NOT mantiqiy stanndart so‘zlardan foydalanish. Ma’lumotlarni saralash. Where standart so‘zidan foydalanish. Ishdan maqsad:ma`lumotlar bazasini loyihalash uchun mohiyat – aloqa modelini ishlab chiqish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish. Masalani qo`yilishi: ma`lumotlar bazasini lohiyalash va “Mohiyat–aloqa” modelini ishlab chiqish. Vazifa: Yoshlar ittifoqi. “Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani tashkil etuvchi uchta asosiy komponentalardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Modelni quirishda “aloqa” mavjud ob`yektni, jarayonni yoki hodisani, abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut mahiyatni xarakterlaridan bo`lib, nom bilan belgilanib, birorta qiymatlar to`plamidan qiymatlar qabul qilinadi. “Mohiyat – aloqa” modelidagi bog`lanishlarga, ikki mohiyat o`rtasidagi har bir bog`lanish turiga tegishli munosabatlarni kiritish zarur (binar, ternar.., n-nar). Loyiha haqidagi axborot diagramma ko`rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to`rtburchak bilan, atributlar-ovallar bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilan yo`nalishsiz qirralar bilan bog`lanadi.