2-Amaliy mashg’ulot Mavzu: sql tilida jadvallar yaratish, o’zgartirish va o’chirish



Yüklə 228,33 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü228,33 Kb.
#194811
SQL


2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: SQL tilida jadvallar yaratish, o’zgartirish va o’chirish. Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar. AND, OR, NOR mantiqiy stanndart so’zlardan foydalanish.

Uslubiy ko`rsatmalar: SQL tilida quyidagi asosiy ma’lumotlar turlari ishlatilib, ularning formatlari har xil MBBT lar uchun farq qilishi mumkin:


INTEGER

butun son (odatda 10 tagacha qiymatli raqam va ishora).

SMALLINT

«qisqa butun» (odatda 5 tagacha qiymatli raqam va ishora).

DECIMAL(p,q)

o‘nli son, p raqam va ishoradan iborat (0 < p < 16). O‘nli nuqtadan so‘ng raqamlar soni q orqali beriladi (q < p, agar q = 0 bo‘lsa, tashlab yuborilishi mumkin).

FLOAT

haqiqiy son 15 ta qiymatli raqam va butun darajadan iborat. Daraja MBBT tipi bilan aniqlanadi (masalan, 75 yoki 307).

CHAR(n)

uzunligi o‘zgarmas, n ga teng bo‘lgan simvolli qator (0 < n < 256).

VARCHAR(n)

uzunligi o‘zgaruvchi, n simvoldan oshmagan simvolli qator (n > 0 va har xil MBBT larda turlicha, lekin 4096 dan kam emas).

DATE

maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi sana; sana maydonlari bizning eramizdan oldin bir necha mingyilliklardan boshlanuvchi va bizning eramiz beshinchi-o‘ninchi mingyilligi bilan cheklangan haqiqiy sanalarni o‘z ichiga olishi mumkin.

TIME

maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi vaqt (ko‘zda tutilgan bo‘yicha hh.mm.ss).

DATETIME

sana va vaqt kombinatsiyasi.

MONEY

maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi pul birligi.

SQL tili quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:


DDL ( Mа’lumоtlаrni Tа’riflаsh Tili ) - ANSI dа ma’lumotlar sxemаsini tа’riflаsh tili, оb’ektlаrni (jаdvаllаr, indekslаr, tаsаvirlаr vа hоkаzо) yarаtuvchi buyruqlar to’plamidan ibоrаt.
DML (Mа’lumоtlаrni O‘zgаrtirish Tili) - bu iхtiyoriy dаqiqаdа jаdvаllаrdа qаndаy qiymаtlаr sаqlаnishini аniqlоvchi buyruqlar mаjmuаsidir.
DCL (Mа’lumоtlаrni Bоshqаrish Tili) fоydаlаnuvchigа aniq оb’ektlаrga tа’sir o‘tkаzishgа ruхsаt berish yoki bermаslikni аniqlоvchi buyruqlardаn ibоrаt.
DDL tilining asosiy komandalari:
CREATE – yangi jadval hosil qilish uchun ishlatiladi. Quyidagi ko’rinishda yoziladi:
CREATE TABLE ( ustun_nomi va toifasi, … );
ALTER – jadvalga o’zgartirish kiritish uchun ishlatiladi. Bu buyruq jadvalga yangi ustunlar qo'shish, ustunlarni o'chirish, ustunlar kattaligini o'zgartirish, hamda cheklanishlarni qo'shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega. Bu buyruq ANSI standarti qismi emas, shuning uchun har xil tizimlarda har xil imkoniyatlarga ega. Misol uchun jadvalga ustun qo’shish buyrug’i sintaksisi quyidagicha:
ALTER TABLE ADD ;
DROP - jadvalni o’chirish buyrug’i. Jadvalni o'chirish imkoniga ega bo’lish uchun, jadval egasi (ya’ni yaratuvchisi) bo’lshingiz kerak. Faqat bo‘sh jadvalni o'chirish mumkin. Qatorlarga ega bo’lgan, to’ldirilgan jadvalni o‘chirish mumkin emas, ya’ni jadval o‘chirishdan oldin tozalangan bo’lshi kerak. Jadvalni o'chirish buyrug'i quyidagi ko‘rinishga ega:
DROP TABLE ;

  1. Eski yaratilgan ma’lumotlar bazasini ko’ramiz:

So`rov: show databases;
Natija:


Mavjud ma’lumotlar bazalarining ro’yxati


  1. Yangi Oquv_kursi nomli baza yaratamiz;


So`rov: create database Oquv_kursi;
Natija:

Fnlar2 nomli jadval kiritamiz

So`rov: create table fanlar2 (id int, ism varchar(20), familiya varchar(20),
Oyligi int );


Natija:

Fanlar 2 jadvalimiz yaratildi


  1. Jadvalni ko’ramiz:

So`rov: desc fanlar2;

Natija:

Jadvalga yangi “sanasi” nomli satr qo’shamiz:


So`rov: Alter table fanlar2 add sanasi varchar(12);

Natija:


  1. “oyligi” atributini “maosh” nomi bilan o’zgartiramiz:

So`rov: Alter table fanlar2 change oyligi maosh int;



Natija:

Yüklə 228,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin