O‘rta asrlarda Sharq jamiyatlarining tadrijiy rivojlanishi Yevropa feodal jamiyatlaridan farqli o‘laroq alohida yo‘llar bilan bordi. Sharqda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning an’anaviyligi ushbu rivojlanishning juda sekinlik bilan yuz berishiga sabab bo‘ldi. Bu esa ma’lum darajada o‘quv adabiyotlarida keng qo‘llaniladigan feodalizm tushunchasining ushbu jamiyatlarga nisbatan ishlatilishini xuddi quldorchilik tushunchasi singari shartli qilib qo‘yadi. Sharqda quldorchilik ijtimoiy ishlab chiqarishda hech qachon muhim rol o‘ynamaydi.