Orta asrlarda harbiy ishning rivojlanishi va takamillashuvi
O‘rta asrlardagi hamma Sharq jamiyatlarida yer egaligi turli shakl-larining qo‘shilib ketganligi, iqtisodda davlatning o‘ziga xos nazorat qiluvchilik-tartibga soluvchilik rolining mavjudligi, avvalo, hukmron sinfning alohida tuzilishida o‘z ifodasini topadi. Agar o‘rta asrlardagi G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida vujudga kelgan xususiy yer egalari qaram dehqonlarni ekspluatatsiya qilishda o‘z irodasini ob’yektiv ifoda etuvchi feodal davlatga tayangan bo‘lsalar, Sharq mamlakatlarida esa davlatning o‘zi hokimiyatga aloqador bo‘lgan va asosan erkin dehqonlardan renta solig‘i undirish hisobiga yashovchi chinovnik-byurokratlardan iborat hukmron doiralardan tuzilgan edi.