Orta asrlarda harbiy ishning rivojlanishi va takamillashuvi
Jamiyat taraqqiyotiga nisbatan formatsion yondashuvlarda ishlab chiqarish munosabatlari asosiy omil sifatida ajratib ko‘rsatiladi, har bir muayyan jamiyat tizim tarzida ko‘riladi. Bunda ishlab chiqarish munosa-batlaridan boshqa barcha ijtimoiy aloqalar ular ustida turuvchi yasama ustqurma hisoblanadi. Bu tarixga monistik-materialistik qarashni belgi-laydi. Tarixga monistik-materialistik qarashning asosida tarixiy jarayon-larni formatsion davrlashtirish yotadi. Unga ko‘ra, quldorchilik tuzumi o‘rniga feodalizmning, feodal tuzum o‘rniga kapitalizmning va nihoyat, «oxir-oqibatda butun insoniyatning porloq kelajagi» sifatida kommunizmning kelishi go‘yoki birin-ketin keladigan qonuniy va muqarrar tarixiy jarayonlardir.