Feodal jamiyati va feodalizmning



Yüklə 19,49 Kb.
səhifə1/2
tarix04.04.2023
ölçüsü19,49 Kb.
#92927
  1   2
FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING


FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING
YEMIRILISH DAVRIDAGI IQTISODIY TA'LIMOTLAR


REJA:

1. Arab mamlakatlaridagi dastlabki iqtisodiy g`oyalar. Islomdagi iqtisodiy qarashlar.


2. G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarga qisqacha tasnif
3. O`rta asr utopiyalari

1. Arab mamlakatlaridagi dastlabki iqtisodiy g`oyalar. Islomdagi iqtisodiy qarashlar.
Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V asridan G’arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab chiqarish usuli bilan almashdi.
Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapitalizm davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda quldorlik, qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865 yillardagi fuqarolik urushidan keyin to`la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan Turkistondagi qullik davri ham shu davrda, ya'ni o`lka Rossiya tomonidan bosib olingach, qonun yo`li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko`ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan Rossiyada qulchilik ishlab chiqarish usuli dara-jasiga yetmadi, feodalizmga o`tildi. Tuzumda yerga xususiy mulkchilik mavjud bo`lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo`lgan, rasman ozod dehqonlarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari - feodallar yoki davlat dehqonlardan barshchina (ishlab berish), natural (mahsulot) yoki pul obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga ega edilar. Shunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda ishlab chiqaruvchilar - dehqonlarning hamkorligiga asoslangan.
Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan hiyla manfa-atdor bo`lgan, o`zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo`jalik mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish kuchlari ancha o`sdi. Feodalizm shu jihatdan avvalgi ibtidoiy jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo, bu davrda hali ham qoloq texnika mavjud bo`lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoji sekin borgan. G’arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi) dan burjua inqiloblari (XVII-XVIII asrlar), aniqrog`i sanoat to`ntarilishi davrigacha yashadi. Ko`pgina mamlakatlarda (masalan, O`rta Osiyo, jumladan O`zbekistonda) bu davr undan ham uzoq vaqtni o`z ichiga oladi (III-XX asrlar).
Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng qamrovli bo`lib, yerga egalikning qonuniy ekanligini ko`rsatish, tovar-pul munosabatlari muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga qaratilgan. O`sha davrdagi iqtisodiy g`oyalarda tovar-pul munosabatlari (sudxo`rlikdan tashqari) qo`llab-quvvatlanadi va shu bilan birga feodal jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etiladi.
Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarga ko`ra, o`sha davrdagi iqtisodiy g`oyalarda diniy-axloqiy yo`nalish kuchli bo`lgan. Bozor iqtisodiyoti bilan bog`liq fikrlarda ikki tomonlama qarash mavjud (tovar ishlab chiqarish, sudxurlik va b.). Davlat va dinning iqtisodiyotdagi roli yuqori qo`yiladi. O`rta asrlar oxirida, yer egaligi tuzimi yemirilishi bilan yangi iqtisodiy g`oyalar vujudga keldi.
Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda shakllana boshladi. Bu yerlarda pul, mehnat munosabatlari biroz yengillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun yer ajrata boshladi. Xususiy yer egaligining turli shakllari saqlangani holda, davlat asosiy va unumdor yerning egasi sifatida, zarur paytda xususiy xo`jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish, yer solig`ini yig`ish huquqini yo`qotgan emas. Shu sababli, Sharqda "davlat feodalizmi"ning turli shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o`z aksini topdi. Iqlim va turar-joy sharoiti tufayli, bu yerlarda dehqonchilik asosan sun'iy sug`orish asosidagina olib borilishi mumkin edi (G’arbiy Yevropa bilan solishtiring). Ba'zi olimlarning fikricha, Sharqda yerga xususiy mulkchilikning yo`qligi va buning asosiy sababi sun'iy sug`orish ekanligini aytadi. Yer bor bo`lgani bilan sug`orishsiz hosil olish mumkin emas edi. Sug`orish inshootlari qurish, ta'mirlash jamoa ixtiyorida bo`lgan, qishloq jamoasi saqlangan. Sharqda yerga xususiy mulkchilik bo`lganmi, degan muammo hanuzgacha hal etilmagan. Bizningcha, ko`proq yerdan foydalanish huquqi bo`lgan. Bu mintaqada yerni suvdan ajratib bo`lmaydi.
Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning asosi qur'oni karimda (arabcha qiroat, ya'ni o`qish) aks etgan (VII-VIII asrlar). VI asrning oxiri-VII asrning boshlarida Arabistonda feodal munosabatlarning shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga da'vat kuchaydi. Bu harakat so`nggi din - Islomda o`z aksini topdi. Islom ta'limoti payg`ambarimiz Muhammad alayhissalomga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Qur’oni karimda mujassamlangan. Yagona to`g`ri din bo`lgan Islomdagi yo`l-yo`riqlar hayotning barcha sohalarini qamrab olgan bo`lib, shu jumladan iqtisodiyotga doir masalalarga ham keng o`rin berilgan. Qur'oni Karimdagi asosiy g`oyalardan biri barcha musulmonlarning qardoshligi bo`lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdi. Halol mehnat, dehqon, hunarmandlar mehnati ulug`landi, barcha boylik shu asosda paydo bo`lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda Alloh taolo savdoga katta ahamiyat bergan, sudxo`rlikni, ya'ni ribo' (sudxo`rlik foizi) ni harom qilgan, mulkning muqaddasligini, birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilishni katta gunoh degan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to`g`rilikka buyuriladi va yolg`on ishlatish, o`g`rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi.

Yüklə 19,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin