Feodal jamiyati va feodalizmning


G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarga qisqacha tasnif



Yüklə 19,49 Kb.
səhifə2/2
tarix04.04.2023
ölçüsü19,49 Kb.
#92927
1   2
FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING

2. G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarga qisqacha tasnif
G’arbiy Yevropada feodalizm jamiyati uch bosqichni bosib o`tdi:
ilk feodalizm (V-X asrlar), rivojlangan feodalizm (X-XV asrlar) va feodalizmning yemirilish davri (XVI-XVIII asrlar).
Dastlabki davrda dehqonchilik xo`jalikning asosi edi, aholi o`rtasida keskin tabaqalanish ham mavjud emas edi. Yuzaga kelgan buyuk Frank davlatida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, feodalizm munosabatlari shakllanishi (quldorlik formatsiya shaklida tarkib topmadi - "Sali haqiqati", 481-614) qonunlar to`plamida aks etgan. Bunda eski jamoa munosabatlari himoya qilinadi (umumiy mulkchilik), ammo ayrim xo`jaliklarning mustaqilligi ham, xususiy mulkchilik ham qo`llab-quvvatlanadi, sinfiy ajralish asta-sekin namoyon bo`la boshlaydi. Olimlar feodalizmdan oldingi Frank kishlog`ining o`ziga xos bo`lganligini qayd qilib, erkin Frank dehqoni Rim koloni (qul) bilan yangi krepostnoy o`rtasidagi figura ekanligini, ya'ni krepostnoylik munosabatlari endigina shakllana boshlaganligini qayd etgan edi. "Sali haqiqati" sinfiy differensiatsiyani ko`rsatdi.
Natural xo`jalik va dehqonlarning krepostnoylik ekspluatatsiyasiga oid dastlabki "Villalar to`g`risidagi kapitulyariy" pomest'elar to`g`risidagi qonun bo`lib (IX asr boshi), unda feodal yer egaligi va krepostnoylik himoya etiladi. Unda endi jamoa, jamoa mulki to`g`risida gap yo`q. Bu hujjatda votchinaning yagona egasi va votchina aholisining majburiyatlari to`g`risida gapiriladi. Natural xo`jalikka asoslanganligi tufayli obrokning mahsulot shaklida to`lanishi, zahira ham natura shaklida bo`lishi, turli kasbdagi hunarmandlar kerakligi gapiriladi. Sotuvchi faqat ortiqcha mahsulotni chiqarish, ya'ni realizatsiya qilishi kerak edi.
3. O`rta asr utopiyalari
Kapitalistik munosabatlarning shakllanish davrini manufaktura ishlab chiqarishi va dastlabki kapital jamg`arilishi bilan bog`lash mumkin, bu davr XIV-XV asrlarni o`z ichiga oladi, ya'ni yer egaligi susayishi bilan bog`liq.
Kapitalistik munosabatlarning shakllanishi dastlabki kapitalning jamg`arilishi jarayoni bilan bog`liq. Adam Smitning fikricha, ko`p sonli ishlab chiqarish tarmoqlarining o`zaro bog`lanish yo`li bilan rivojida mehnat unumdorligi o`sishining sharti dastlabki kapital jamg`arilishidir. Bu jarayon obyektiv, oddiy bir voqea sifatida ta'riflanadi. To`g`ri, bu jarayon real tarixiy voqeadir, ammo u amalda beshafqat sinfiy kurash, aholining bir qismini iqtisodiy va ijtimoiy ezish, zo`rlik va aldov bilan bog`liq bo`ldi. Bu jarayon davomida obyektiv tarixiy qonuniyat o`ziga yo`l ochdi, natijada ishlab chiqarish nisbatan o`sdi, sanoat va savdo shaharlari ko`paydi, fan va texnika rivoj topdi. Bu uyg`onish davri bo`lib, ming yillik turg`unlikdan so`ng iqtisodiyot madaniyat va san'atning ravnaqiga olib keldi.
Eski feodal munosabatlar yemirilib, yangi burjua-kapitalistik munosabatlar tug`ila boshladi, bu esa osonlik bilan bo`lmadi. Ayniqsa, dehqonlarning o`z yerlaridan siqib chiqarilishi, mustamlakachilik, iqtisodiy ekspansiya, urushlar oddiy xalqqa katta ofat keltirdi.
Ideal (fozil) jamiyat to`g`risidagi avvalgi g`oyalar dastlabki sotsialistik konsepsiyalar bilan davom ettiriladi.
T. Mor "Utopiya" (lot. yo`q joy) (1516) asarida Angliyada dastlabki kapitalning jamg`arilishi jarayonida dehqonlarning ommaviy qashshoqlanishi jarayonini aks ettirgan. T.Mor gumanist, davlat arbobi va yozuvchi bo`lgan (1529-32 yillarda Angliya kansleri). U Uyg`onish davrining atoqli arbobi Erazm Rotterdamskiyning do`sti edi. Katolik bo`lgan. qirolni ingliz cherkovining Oliy boshlig`i deb qasamyod qilmaganligi uchun T.Mor davlat xoini sifatida
hisoblanib, qatl etilgan. Katolik cherkovi tomonidan muqaddaslashtirilgan Tomas Mor (1535). U "qo`ylar odamlarni yeb qo`ydi" iborasining muallifidir. Shu davrda dehqonlarni cheklash, ya'ni yerdan siqib chiqarish siyosati amalga oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq esa fabrika rivoji bilan bog`liq edi. Mato to`qish, jun, ayniqsa qo`y juniga bo`lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Dastlab botqoq, chakalakzor yerlar o`rab olindi va qo`y boqish uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik dehqonchilik qilinayotgan yerlar ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida tugatildi. Ular yerdan mahrum qilindi va ko`chaga haydaldi. Bu o`ziga xos agrar inqilob - sanoat to`ntarilishi uchun sabab bo`ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka mahkum etildi. Shu voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan T.Mor qayerdaki xususiy mulk hukmron bo`lsa, asosiy boylik bir quchoq odamlar qo`liga to`planadi, degan xulosaga keldi. Yana sotsial ofatning asosi puldir, degan edi u. Xayoliy "utopiya" mamlakatida ijtimoiy mulkchilik (xususiy mulk bo`lmagan), umumiy mehnat bo`lgan, qishloq va shahar o`rtasidagi tafovut yo`q edi, ishlab chiqarish tartibga solingan, ish kuni olti soat bilan cheklangan, pul yo`q qilingan, taqsimot tekis va bosqinchilik urushlari yo`q edi. T.Mor shunday jamiyatni qurish mumkin deb o`ylagan.
Neapol (Italiya) mehnatkashlarining qashshoqligini ko`rgan. U o`zining "Oftob shahri" (1602 y. yozilgan, 1623 yilda chop etilgan) kitobida zolimlarning shohona hayotini tanqid qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiy sababi xususiy mulkchilik, deydi. U kelajak jamiyat to`g`risidagi o`z tasavvurini ham beradi, ular T.Morga o`xshash: ijtimoiy mulkchilik mavjud, hammaning mehnat qilishi zarur,
T.Kampanella mashina mehnati tufayli ish kunlari cheklangan (4 soat), aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan
almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan nisbatan tekis shug`ullanish shart qilib qo`yiladi, tekis, pulsiz taqsimot amalga oshiriladi. U faylasuf, shoir, siyosiy arbob bo`lgan, keyinchalik esa (1582) rohib bo`lgan. Ispaniya bosqinchilariga qarshi isyon uyushtirgani uchun qamoqqa olingan, 27 yil qamoqda yotib, falsafa, falakiyot, siyosat, tibbiyotga oid o`nlab asarlar yozgan. Uning "Oftob shahri" asari dengizchining hikoyasi shaklida berilgan. Yangi jamiyatda olim kohinlar tabaqasi tomonidan boshqariluvchi ideal jamoa bo`ladi, xususiy mulk va oila bo`lmaydi, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, fan va maorif taraqqiy etadi (Galileyni himoya qilgan).
Faylasuflarning bergan bahosiga ko`ra, bu olimlarning jamiyati "xomaki ishlangan" "qo`pol kommunizm"dir. Ular asosan hunarmandchilik va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish xususiyatiga ega. Ammo, shunisiga e'tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta'minlangan, bilimli davlat arbobi bo`lganlar, kommunistik jamiyat g`oyasi K.Marks va F.Engelslarninggina g`oyasi emasligini ham eslatib o`tish zarur. Xayoliy sotsializm to`g`risidagi dastlabki g`oyalar Osiyoda Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy (870-950, 2-muallim), Germaniyada Tomas Munser (1420-1525)lar tomonidan ham ilgari surilgan. Injil va qur'oni karimda ham uning elementlari bor. Markaziy Osiyodagi sarbadorlar (boshini dorga tikkanlar) davlati ham shu tamoyillarga asoslangan (Samarqandda Abu Bakr Kalaviy, Mavlonozoda, Xurdaki Buxoriy va boshqalar).
Keyinchalik Abdurahmon Jomiy va A.Navoiy, Xurdaki Buxoriy asarlarida ham bunday g`oyalar bor.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q. T., Sharq, 1998.

  2. Aristotel. Soch. v 4-x t. M.; Misl, 1975-83.

  3. Artxashastra ili Nauka politiki. M-L, Izdatelstvo AN., 1959.

  4. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 7-37b.

Yüklə 19,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin