• Основные стратегические варианты


  Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

9.1. 
Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir 
 
Tovar-murakkab ko‘p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa 
iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarish-unga ega 
bo‘lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir. 
Tovarning iste’mol qiymati uning iste’mol xususiyati majmuasidir. 
Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e’tibor beriladi: 
- rangi, upakovkasi (o‘rash, bog‘lash), tashqi dizayni, ergonomik 
xususiyatlari (foydalanish, ta’mirlash va boshqalarning qulayligi va 
boshqalar). 
Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste’mol xususiyati tahlil 
qilinadi. 
Tovar-murakkab ko‘p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa 
iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarish-unga ega 
bo‘lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir. 
Tovarlar quyidagi mezonlari bo‘yicha alohida guruhlarga bo‘linadi: 
maqsadli ko‘rsatkich bo‘yicha; 
bozor turiga ko‘ra; 
foydalanishga tayyorligiga ko‘ra; 
iste’molchilar soniga qarab bo‘linadi. 
Maqsadli xarakteriga ko‘ra esa tovarlar iste’mol tovarlari va ishlab 
chiqarishga oid tovarlarga bo‘linadi. 
Iste’mol tovarlari, bu shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan tovarlardir. 
Ular kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, 
alohida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo‘linadi. 
Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-
ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo‘jaligi uchun zaruriy mayda 
tovarlarni kiritish mumkin. 
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko‘ra ularni 
o‘z navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin: 
1. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo‘jalik sovuni) 
2. Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta) 
3. Favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont). 
Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak, uy-
ro‘zgor uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni qiyoslashni, narx, 
moda, dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. 
Ushbu tovarlar: 


113 
o‘xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi 
bo‘yicha farqlanadi);
alohida ko‘rinishdagi tovarlar (rangi, uslubi, navi jihatidan). 
Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda 
kam o‘ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko‘ra: 
qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar; 
uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar. 
Tovar siyosatining asosiy maqsadi: 
foydani ta’minlash; 
taqsimotni o‘stirish; 
firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko‘paytirish; 
ishlab chiqarish va marketing xarajatlarni tejash; 
imijni oshirish hisoblanadi. 
Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish quyidagi sohalardagi 
vazifalarni hal etish orqali amalga oshiriladi: 
tovar innovatsiyasi; 
variatsiya; 
differensiatsiya; 
eliminatsiya; 
markani o‘rnatish va tanlash; 
qadoqlash;
tovar shakli, turi va boshqalar 
Shunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi: 
yangi tovarlarni qidirish; 
yangi tovarlarni rivojlantirish; 
bozorga yangi tovarlarni kiritish; 
tovar shakllarini asoslash; 
tovar sifatini tartibga solish; 
bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar. 
Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda hal etiladi, qolgan 
vazifalarni hal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshadi. Buning 
uchun, ya’ni qarorni asoslash uchun tovarni hayotiylik davri modeli 
ishlatiladi. 
Tovarlar va xizmatlar assortimenti, bu foydalanish bo‘yicha bir-biriga 
juda o‘xshash tovarlar (xizmatlar) guruhidir. 


114 
Tovar sifati – bu tovarning o‘z funksiyalarini bajarishda ko‘rinadi va u 
quyidagi parametr bilan xarakterlanadi, ya’ni uzoq muddat xizmat ko‘rsatishi, 
pishiqligi, foydalanishda soddaligi va boshqalar. 
Marketing fani bo‘yicha tovar sifati xaridorlar bergan baho bilan 
o‘lchanadi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin