95
bashorat qilish 1-1,5 eng ko‘pi 2 yildir, o‘rta muddatli 5 yilgacha, uzoq
muddatli 5 yildan ortiq va 15-20 yilgacha, qisqa muddatli bashorat qilish bu
har doimgi konyunktura bashoratidir,
u har kungi amaliyotning
boshqaruvchisi hisoblanadi, uzoq muddatli bashorat qilish umumiy
tendensiyalarini aniqlaydi, iqtisodiy dasturlarni tuzishda asos hisoblanadi va u
kelajak konyunkturani aniqlash uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda zamonaviy
ilm-fanda bashorat qilishning 100 dan ortiq turli uslublari qo‘llaniladi.
Ularning orasida ekspert baholash uslubi, aqliy hujum, tarixiy analog, har xil
matematik-statistik uslublarni qo‘llash bilan farq qiladi.
Konyunkturani bashorat qilishda konyunktura rivojlanishi umumiy
tendensiya baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak
konyunkturani zamonaviy konyunkturadan ajratish uchun hamma narsani
e’tiborga olishi kerak. Bu maqsad uchun esa uzoq davr uchun xizmat qiladi.
Konyunktura rivojlanishidagi ichki omillar
bilan bir qatorda yana shu
mamlakatning iqtisodiyotiga jahon konyunkturasining ta’sirini ham kuzatish
kerak, chunki u ba’zi mamlakatlar uchun konyunktura sinish paytida katta
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Agar mamlakatning tashqi iqtisodiy
aloqalari qancha kuchli bo‘lsa, shunchalik unga bo‘lgan ta’sir ortadi.
Umuman bashoratni aniqlash ma’lum obyektning kelgusi holatini, ilmiy
asosda obrazini yaratish demakdir.
Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga
olinishi shart:
1. Kelajakda bozor konyunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga
olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.
2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish,
ularning
natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi.
3. Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo‘lishi.
4. Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga
tushunarli ishlanganligi.
5. Bozor konyunkturasi istiqboli o‘z vaqtida aniqlanishi va korxona,
assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‘llaniladi.
Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga
bo‘lishimiz mumkin.
1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda
o‘tgan davrda bo‘lib avvalgi haqiqiy omillardan
axborotli asos sifatida
foydalaniladi. Bu ma’lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor
konyunkturasini bashorat qilishning faktografik uslublari o‘z navbatida 3
turga bo‘linadi. Birinchi turi ekstropolyatsiya va interpolyatsiya uslublari
yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu turdagi modellar uchun chiziqli funksiyalarni
tuzishda boshlangich axborotdan foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi
96
statistik uslublar bo‘lib, ular ikki va undan ortiq o‘zgaruvchan bashorat qilish
obyektlarining o‘zaro aloqalarini tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Uchinchi turi
mazkur obyektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o‘xshash
obyektlarning rivojlanish qonuniyatlari bo‘yicha tadqiq qilishga asoslanadi.
2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va
mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert
baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o‘z ichiga oladi.
Intuitiv
uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda bashorat qilish obyektini
rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy eruditsiya va tuyg‘u
vositasida kelgusidagi o‘zgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi.
Analitik uslublarga bashorat qilish obyektini tadqiq qilish jarayoni modelini
mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi.
Bozor konyunkturasini bashorat qilishda ekspert baholash uslublari,
ayniqsa, intuitiv uslublar keng qo‘llaniladi.
3.
Ekstropolyatsiya
uslubi.
Ekstropolyatsiya
uslublari
bozor
konyunkturasining turli ko‘rsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda
qo‘llaniladi. Ekstropolyatsiya shakllar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati
qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni taqozo qiladi, ya’ni bu
holda ekstropolyatsiya bashorat qilish amalga oshirilayotgan obyektning
ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga tayanadi.
Ekstropolyatsiyaning bozor tadqiqotlarida qo‘llaniladigan
asosiy
modellaridan biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga
nisbatan o‘zgarishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatadi.
4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar
parametrlarining
stoxastiklarini
nazarda
tutgan
holda
bozor
konyunkturasining turli ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va
proporsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari
tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor konyunkturasini
bashorat qilishda keng qo‘llaniladi. Ular ishlab chiqarish va unga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar, iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing
tadbirlarini amalga oshirish va unga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi va
boshqa jarayonlar o‘zgarishini matematik modellar yordamida tahlil qilishga
hamda bashorat qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellarning xususiy
holi korrelyatsion va regression modellashdir.
Bozor konyunkturasini tahlil va bashorat
qilish natijalari firmaning
biznes-reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga
solishda va boshqarishda keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: