12
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilarni o‘rgatadi: bozorni o‘rganish; uni taqsimlash;
tovarlarni joylashtirish; marketing siyosatini olib borish; tovar siyosati; narx
siyosati; taqsimot siyosati; siljitish (yo ‘naltirish) siyosati; yuksalish,
qo‘shimcha xizmatlarni (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va
texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol) va boshqalarni
kiritish mumkin.
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi
bo‘lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o‘rganish, ularga mos
tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish,
sotish, xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari
majmui hisoblanadi. Bularning hammasi dastlabki asosiy maqsadga, ya’ni
talab bilan taklifni o‘zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: