• Основные стратегические варианты


 Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

1.2. Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari 
Marketingning asosiy elementlari tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish 
va tahlil etish, narxning tuzilishi tamoyili; servis siyosati – (1809-1884) 
Sayrus Makkormek nomi bilan bog‘lanadi. 1902-yildan boshlab AQSHning 
(Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari 
bo‘yicha («Tovarlar marketingi», «Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) 
fanlar kiritilib, ma’ruzalar o‘qitila boshladi. 
1926-yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil 
topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo etildi, bu 
jamiyat 1973-yilda Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz 
keyinroq bunday uyushma va tashkilotlar G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va 
Yaponiyada ham paydo bo‘ldi. Xalqaro marketing tashkilotlari - Yevropa 
marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro Marketing 
Federatsiyasi, Yevropa Akademiyasi va shunga o‘xshashlar yuzaga keldi. 
O‘tgan asrning 60-yillar o‘rtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining 
barchasi o‘z xo‘jalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini qo‘llay 
boshladi. G‘arbiy Yevropa va Yaponiyada marketing g‘oyalari AQSHga 
nisbatan sustroq joriy qilindi. 
Bular haqida 1.1-jadvalda to‘liq tanishib chiqish mumkin. 
 
 
 
1.1-jadval 
Marketingning rivojlanish tarixi
1
 
1
Yusupov M.A., Abduraxmonova М.М. Маrkеting: O‘quv qo‘llanma. - Т.: Iqtisodiyot, 2007. 


13 
Yillar 
Marketingda ro ‘y bergan o ‘zgarishlar 
1902
AQSH da mustaqil ravishda marketing kursini o‘qitish boshlandi 
1908
Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQSHning yirik sanoat 
kompaniyalarida birinchi marketing bo‘limlari tashkil etildi 
1920
Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi 
1926
AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi; 
uning asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u 
1973-yilda Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi 
1930-1940 
Dunyoning ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy 
marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi 
1950-1960 
Xalqaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va 
marketing bo‘yicha Yevropa jamiyati hamda Yevropa marketing 
Akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi 
1980- yillarning 
ikkinchi 
yarmida 
Mamlakatimizning 
iqtisodiyot 
yo‘nalishidagi 
oliy 
ta’lim 
muassasalarida marketing kursi o‘qitila boshlandi 
1990- yillarning 
oxirlarida va 
hozirgi 
kunlarda 
Mamlakatimizda marketing bo‘yicha xorijiy adabiyotlar o‘zbek tiliga 
tarjima qilingan holda va shu fan bo‘yicha darslik, qo‘llanma hamda 
risolalar O‘zbekistonlik mualliflar tomonidan ko‘plab chop etilmoqda 
Ammo 60-yillarning oxiriga kelib ular marketing amaliyotini tezkorlik 
bilan o‘zlashtirishga kirishdilar va bunda muhim yutuqlarga erishdilar. 
Marketing an’anaviy savdo usullaridan farqli o‘laroq aniq maqsadlarni 
ko‘zlaydi, xo‘jalik vazifalarini esa yaqqol ifodalaydi: korxona shunday sifatli 
mahsulot tayyorlashi lozimki, uni sotish qulay bo‘lsin. Darhaqiqat, mahsulot 
ishlab chiqarilgani bilan u albatta foyda keltiradi degan ma’noni hali aslo 
bildirmaydi.
Ilgari xo‘jalik rahbarlarining vazifasi asosan jami resurslarni ishlab 
chiqarish talablari bilan muvofiqlashtirishdan iborat edi, ya’ni korxona o‘zi 
xohlagan mahsulotni ishlab chiqarar va hamma e’tiborini uni sotishga qaratar 
edi. Marketingning maqsadi esa bozorning mavjud va kelgusida ehtimol 
tutgan imkoniyatlarini aniqlash hamda sifat jihatidan to‘g‘ri baholashdan
so‘ngra unga tayanib, butun kuchini o‘z mahsulotiga qiziqish va ehtiyojni 
kuchaytirishga, xaridorga mahsulotni, shuningdek, ko‘rsatiladigan tegishli 
xizmat turini tanlash imkonini yaratgan holda mahsulotni sotishga 
qaratishdan iborat. 
1966-yilda AQSHda marketing masalalari bo‘yicha 350 ga yaqin 
tadqiqot firmalari faoliyat olib borib, undan yirik firmalar 45 mln. dollarga 
yaqin aylanmaga ega edi, bunda bu firmalarning jami aylanmasi 300 mln. 


14 
dollardan oshiqni tashkil etgan. Marketing muammolarini tadqiq qilishni 
tijorat boshlashuvi asosida universitetlar ham, savdo-sanoat assotsiatsiyalari, 
davlat tashkilotlari va xizmatlari ham shug‘ullana boshladi. 
1972-yilda 
F.Kotler 
mikromarketing 
va 
makromarketing 
tushunchalarini asoslab beradi. 1976-yilda Shelbi Xant marketing 
ayirboshlash jarayoni haqida ilm hisoblanishini ko‘rsatdi. 
XX asrning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni 
globallashtirish jarayoni kuzatildi. Shuningdek, 1990-yilda Kanberra shahrida 
(Avstraliya) «Marketing – bu hamma narsa», «Marketing biznesni anglatadi» 
shiori ostida global marketing bo‘yicha Xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. 
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o‘rin 
bo‘shatib bermoqda. Bu davrda AQSH, Yaponiya, Germaniya va boshqa 
Yevropa mamlakatlariga yetib keldi. Singapur, Tayvan, Janubiy Korea unga 
juda yaqin. Tez o‘zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining 
rivojlanishi, ishlab chiqarish yuksak darajada tez moslashuvchan, yakka 
iste’molchiga mo‘ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari 
va ayrim «so‘qmoq»larning ko‘pligi unga xos xususiyatlardir. Ayni paytda 
ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga yetdiki, bunda bir 
bozorning oraliq segmentlarida bo‘sh makon juda kam qoladi. Natijada bozor 
raqobati yanada shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida 
emas, balki raqobatning yanada takomillashgan usul va shakllari paydo 
bo‘lishi natijasida yuz beradi. 
Tovarning «hayotiy davri» misli ko‘rilmagan darajada qisqaradi. 
Hozirgi davrda Yaponiyaning yetakchi elektron firmalari o‘rtacha har uch 
oyda bir marta mikrosxemalarning yangi turini bozorga chiqaradi. 
Mahsulotlar assortimenti ortdi, bir xil buyumlarni ko‘plab ishlab chiqarish 
kamaydi, ya’ni to‘p-to‘p qilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmoqda. 
Tovar sifatiga ega bo‘lgan tovarlar mazmuni o‘zgardi. Endi yaxshi mahsulot 
chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga dosh berish uchun sotuvdan 
keyingi darajasini, firma ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmatlar sifatini tubdan 
yaxshilash zarur. 
Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yo‘llarini o‘ylabgina 
qolmay, ayni paytda tovarlarni sotish va o‘tkazish, daromadlarni muttasil 
ko‘paytirish sohalariga ko‘proq e’tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga 
yangi bozorlar, muayyan afzalligi tufayli mahsulot o‘ziga jalb etadigan yangi 
xaridorlarni qidirish lozim. Bu ishlarni hozirgi zamon marketingiga 


15 
tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning omon qolishi iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy, konyunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa axborotlarni o‘z 
vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida 
ta’minlanadi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin