21. Baqtriyaning Ossuriya bilan aloqalari haqida qaysi qadimgi yunon tarixchisi yozib qoldirgan?
A) Gerodot B) Ktesiy
C) Arrian D) Poliyen
22. U uzoq muddat qadimgi fors shohi Artakserks saroyida yashab, saroy tabibi bo’lgan qadimgi yunon tarixchisi kim?
A) Gerodot B) Ktesiy
C) Arrian D) Poliyen
23. Kim Ossuriya podshosi ninning Baqtriyaga yurishi haqida hikoya qiladi?
A) Gerodot B) Ktesiy
C) Arrian D) Poliyen
24. Quyidagi qadimiy shaharlardan qaysi birlari Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirganligini aniqlang?
A) Qiziltepa,Yerqo’rg’on
B) Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Uzunqir
C) Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Uzunqir, Afrosiyob
D) Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Uzunqir,Afrosiyob, Ko’zaliqir
25. Kim mamlakat aholisining ko’pligi, yirik shaharlari va mustahkam poytaxti Baqtra hamda Baqtriya podshosi Oksiart haqida ma’lumotlar beradi?
A) Gerodot B) Ktesiy
C) Arrian D) Poliyen
26. Ko’zaliqir qal’asida nechanchi asrda katta saroy qurishgan?
A) Mil. avv. IX asrlarda B) Mil. avv. VIII asrlarda
C) Mil. avv. VII asrlarda D) Mil. avv. VI asrlarda
27. Qadimgi yunon tarichisi Ktesiy qachon yashab
o’tgan?
A) Mil. avv. V asrlarda
B) Mil. avv. IV-III asrlarda
C) Mil. avv. V-IV asrlarda
D) Mil. avv. VI asrlarda
28. Qadimgi Xorazm aholisi nima bilan shug’ullangan?
A) chorvachilik va ovchilik
B) dehqonchilik va chorvachilik
C) sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik
D) sun’iy sug’orishga asoslanmagan dehqonchilik va chorvachilik
29. Qadimgi Xorazmda qanday buyumlarning dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan?
1. To’quvchilik 2. Qurolsozlik 3. Kulolchilik
4. Zargarlik 5. Yog’ochsozlik
A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4
30. Quyidagilardan noto’g’ri javobni toping?
A) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlangan, xususan ular mohir quruvchi va hunarmand bo’lganlar?
B) Ko’chmanchilar mahsulotlarni o’troq dehqonlarga sotgan, dehqonlar esa Sharq xalqlari bilan yaqin savdo va madaniy aloqalarni o’rnatgan.
C) Manzilgohlardan yuqori sifatli kulolchilik idishlari, temir va kumush buyumlari topilgan.
D) Osiyoning tog’lik, dasht va cho’l yerlarida asosiy mashg’ulotlari chorvachilik bo’lgan saklar istiqomat qilgan.
Dostları ilə paylaş: |