­ O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 13,63 Mb.
səhifə85/96
tarix20.11.2023
ölçüsü13,63 Mb.
#162543
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   96
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Sertifikatlashtirish sxemalari





Sxema tartibi

Sertifikatlashtirishtirishni o‘tkazish mazmuni



1

I

Birinchi sxema bilan faqat mahsulot namunasi, ularning turlarini mavjud standartlar, texnik shartlar va hokazo talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkaziladi va uning natijasida mahsulot turiga tegishli sertifikat beriladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishtirishda sinovga taqdim etilgan namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu sxema o‘zining soddaligi va ko‘p harajat talab qilmasligi tufayli milliy va xalkaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.

2

II

Bu sxemada mahsulot namunasi tegishli standart, NX va x.k orqali sertifikatsiyalanib, uning sifati savdo shaxobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul takdim etilgan namunalar sifatini baxolash bilan seriyali chiqayotgan mahsulotning sifatini ham baholash imkonini beradi. Bu usulning ijobiy tarafi, takdim etilgan namuna asosida butun seriya chikarilgan mahsulot sifati sertifikatlanadi. Uning kamchiligi iste’molchiga standart talablariga nomuvofiq bo‘lgan mahsulotlar kirib kelishidir. Bu esa bir necha qiyinchilik va noaniqliklarni keltiradi.

3

III

Bu sxemada mahsulot namunasi tegishli standart, NX bo‘yicha muvofiqligi aniqlanib, shu bilan birga qayta-qayta mahsulot sifati iste’molchiga yubormasdan turib omborxonada tekshiruvdan o‘tkazib turiladi. Bu sxemadan ko‘rinib turibdiki, tovar savdo shaxobchasiga tushmasdan turib sinov nazorati o‘tkaziladi. Standartga nomuvofiqligi aniqlansa, iste’molchiga jo‘natish to‘xtatiladi.

4

IV

Bu sxemada mahsulot turlarini xuddi 1-3 sxemalardagidek sinovdan o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, shu bilan birga savdo shaxobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarning tekshirish nazorati vaqti-vaqti bilan o‘tkazish orqali mahsulotning sifati aniqlangan xolda sertifikatlanadi. Bu xolda mahsulot korxona tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning ma’lum harajatlar sarf bo‘lgandan keyin standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi. Bu esa ushbu sxemaning kamchiliklaridan hisoblanadi. Shuning uchun bu sxema rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalmagan.

5

V

Beshinchi sxema bo‘yicha mahsulot yoki xizmat sertifikatsiyalanayotganda butun bir texnologik jarayon sinovdan o‘tkaziladi, hamda ishlab chiqarish bo‘yicha sifat ko‘rsatkichi aniqlanib, xulosa qabul qilinadi. Ko‘rinib turibdiki, korxonadagi mahsulot sifatini ta’minlashda, sifat tizimini baholanishida uning mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlarda, hamda xalqaro standartlashtirish tizimlarida eng ko‘p tarqalgan sxemadir. Birinchi-to‘rtinchi sxemalarga qaraganda bu sxema eng murakkab va nisbatan qimmatroq, hisoblanib, uning afzalligi iste’molchi uchun maxsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi, bu esa ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va iste’molchi uchun eng muhim mezondir.

6

VI

Bu sxemada faqat korxonadagi mhsulotning sifatini ta’minlash bilan tizimni baholanishini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan darajadagi mahsulot chiqarish qobiliyati baholanadi.

7

VII

Bu sxemada sertifikatlashtirish uchun har bir partiyadan (to‘dadan) namuna olib sinov o‘tkaziladi va uning natijasi bo‘yicha mahsulotni (to‘dani) iste’molchiga yuborish lozimligi aniqlanadi.

8

VIII

Bu sxema oldingi sxemalardan farqli o‘laroq, ishlab chiqilgan mahsulotning hammasi (barcha qismlari) sinovdan o‘tkaziladi. Bu sxemada ishlab chiqaruvchi uchun katta va kattiqroq talab qo‘yiladi, katta mas’uliyat talab qiladi. Bu sxema asosan qimmatbaho metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan buyumlar, harbiy texnikalar va boshqa mahsulotlarni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi.

9

IX

Bu sxema mahsulotlarni deklaratsiya muvofiqligi sertifikati bo‘lib, mahsulot haqidagi dekloratsiya hujjatlari bilan birgalikda sertifikatlashtirish tushuniladi.


Yüklə 13,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin