­ O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


O‘zbekiston standartlashtirish va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) markaziy apparatining tuzilmasi



Yüklə 13,63 Mb.
səhifə76/96
tarix20.11.2023
ölçüsü13,63 Mb.
#162543
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   96
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

O‘zbekiston standartlashtirish va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) markaziy apparatining tuzilmasi



O‘zbekiston standarlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi) ning tashkiliy tuzilmasi

Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (SMB) apparatining namunaviy tuzilmasi



Respublika hududiga keltiriladigan yoki undan chetga chiqariladigan mollar (mahsulotlar) ning havfsizligini tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan amallar tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan holda O‘zstandart tomonidan tayyorlangan alohida hujjat bo‘yicha bajariladi.


Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Turkiya va Xitoy davlatlari bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida hamkorlik qilish niyatida bitim tuzildi. Bu yo‘ldagi ishlar o‘z mevasini bermoqda. Turkiya mutaxassislari Toshkentda bo‘lib, “O‘zstandart” tomonidan uyushtirilgan Respublika seminarlarida sertifikatlashtirish sohasida ma’ruzalar bilan qatnashmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qatoriga kiruvchi mamlakatlar bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida yaqin hamkorlik qilmoqda.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari ham o‘z yo‘nalishiga egadir.
O‘z SMSITI standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida asosiy ilmiy-uslubiy baza hisoblanadi. Ushbu institut yuqorida qayd etilgan sohalar bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borishi bilan bir qatorda respublikaning ushbu sohalar buyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti hamdir. Shu sohalardagi belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun u:

  • standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati sohalarida hozirgi xalqaro talablarga javob beradigan milliy ilmiy baza yaratadi;

  • standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati milliy tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi;

  • mahsulotning raqobatdoshlik qobiliyatini ta’minlaydigan, atrof-muhitni ishonchli darajada himoya qilishga, inson sog‘lig‘ini saqlashga, mehnat havfsizligini ta’minlashga, mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro, me’yoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan uyg‘unlashadigan, asos bo‘luvchi xujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi;

  • standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki uchraydigan muammolarni tadqiqot qilish, davlat tilida me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar yaratadi;

  • yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi;

  • standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatining ilmiy masalalari bo‘yicha xalqaro milliy va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

  • standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi;

  • sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni tayyorlaydi va boshqalar.

Institut tashkil qilinganiga ko‘p vaqt o‘tmaganligiga qaramay shu kunga qadar respublika hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator hujjatlar yaratdi va yaratmoqda. Bu hujjatlarning ahamiyati beqiyos bo‘lib, shu sohalardagi ishlarga qo‘yilgan birinchi poydevorlardan hisoblanadi.
Institut har taraflama tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha mustahkamlanmoqda hamda bu sohalarda ishlaydigan tajribali, bilimdon mutaxassislarni tayyorlab, kelajakda mustaqil respublika oldida turgan dolzarb muammolarni yechishga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi, degan umiddamiz.



Yüklə 13,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin