14-MA`RUZA. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA MASKANLARINING KLASSIFIKATSIYASI.
Reja:
13.1 O‘zbekiston Respublikasi bojxona posti bojxona organlarining yagona strukturasi
13.2. Bojxona postining asosiy vazifalari
13.3. Bojxona postining asosiy funksiyalari
13.4. Bojxona postining xuquqlari
13.5 Bojxona postlarini turlari (klasifikatsiyalash)
13.6 Chegara bojxona postlari
13.7 Ichki bojxona postlari
13.1 O‘zbekiston Respublikasi bojxona posti bojxona organlarining yagona strukturasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona organlari faoliyatining samaradorligini oshirish va bojxona organlarida xizmatni o‘tashni yanada takomillashtirish to‘rg‘isida”gi 12 aprel 2018 yildagi PQ-3665-sonli Qaroriga muvofiq, bojxona maskanlarining namunaviy tuzilmasi joriy qilindi. Ushbu tizim kategoriyasiz bojxona maskanlari va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona maskanlarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona posti bojxona organlarining yagona strukturasining bir qismi bo‘lib, o‘z faoliyatini hududiy bojxona boshqarmasi yoki O‘zbekiston Respublikasi DBQning ixtisoslashtirilgan bojxona kopleksining rahbarligi ostida amalga oshiradi.
Bojxona postining nazorat qilish zonasi O‘zbekiston Respublikasi DBQning hududiy boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Toshkent shahri, “Toshkent – Aero” IBK tomonidan belgilanadi.
Bojxona postlarini tashkil etish, yopish hamda tashkillashtirish masalalarini hududiy bojxona boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi, Toshkent shahri, “Toshkent – Aero” IBKning tavsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan hal etiladi.
Bojxona postlarini ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan shartnoma va bitimlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi DBQning normativ-xuquqiy xujjatlari hamda ushbu nizom asosida amalga oshiriladi. Bojxona postlari ish faoliyatini hududlardagi boshqaruv organlaridan mustaqil ravishda qonun xujjatlariga asosan amalga oshiradi. Bunda, bojxona ishiga oid masalalarni bojxona postlari joylardagi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari, korxona, tashkilotlar bilan birgalikda hal etishlari mumkin.
Baʼzi bojxona postlari ish faoliyatini xususiyatlarini Davlat bojxona qo‘mitasi qonun xujjatlariga asosan belgilash xuquqiga ega. Bojxona posti O‘zbekiston Respublikasining xuquqni muhofaza qiluvchi organi deb hisoblanadi. Bojxona postining har bir xodimi o‘ziga yuklatilgan funksional vazifalarini bajarayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini muhofaza qiluvchi Davlat xokimiyatining vakili deb xisoblanadi. Bojxona posti xodimi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan quyilgan bojxona qonunchiligiga rioya qilinishi tug‘risidagi talablari ular tomonidan bajarilishi shart.
Bojxona postini mansabdor shaxsining qonun doirasida amalga oshirayotgan ish faoliyatiga hech kim aralashish huquqiga ega emas. Bojxona postini mansabdor shaxsining qonuniy talablariga rioya qilmaslik, uning xizmat vazifasini bajarishda halaqit berish, uning hak-huquqlarini poymol qilish, unga qarshilik ko‘rsatish, unga nisbatan havf solish, tan jarohati yetkazish, hayoti, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga zarar yetkazishlik uchun javobgarlik qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Bojxona posti xodimini ish vaqtida postdan ketishga ruhsat berish huquqiga faqat uning boshlig‘i yoki hududiy bojxona boshqarma tezkor navbatchisi egadir. Boshqa xodimlar tomonidan bojxona posti xodimini ish vaqtida postdan ketishga ruxsat berish yoki postdan chaqirib olish qonunga zid deb xisoblanadi. Xizmat vazifasini boshqarayotgan vaqtida bojxona xodimiga nomaʼlum shaxs tomonidan jismoniy xarakatlar bilan xalaqit berish postga hujum qilish xisoblanadi.
Qonun hujjatlar bilan belgilangan tartibda bojxona posti xodimlari xizmat vazifasini bajarish vaqtida tabel qurolini hamda mahsus ximoya vositalarni saqlash, olib yurish va ishlatish huquqiga egadirlar.
Dostları ilə paylaş: |