Qarori yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 148,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix09.02.2023
ölçüsü148,6 Kb.
#83567
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PQ 2733 сон 19 01 2017  Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat
korxonalari, muassasalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari deb
ataladi) faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan kompleks chora-
tadbirlar amalga oshirildi.
Qonunchilikka rioya etishda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi,
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini amalga oshiradigan yuridik xizmatlari
ko‘maklashadi.
Shu bilan birga, yuridik xizmatlarning xodimlari qonun buzilishini oldini olish hamda ular
bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rish uchun yetarli va ta’sirchan vakolatlarga ega emasliklari sababli
ularning faoliyati kutilgan samarani bermayapti.
Yuridik xizmatlarni tashkil etishning tartibi, ularning shtat birliklarini belgilash me’yor va
mezonlarining mavjud emasligi turli davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning
tashkiliy shtat tuzilmasini oqilona belgilashni ta’minlashga imkon bermayapti.
Yuridik xizmatlar tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish,
qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlari samarali tashkil etilmagan.
Mazkur sohadagi ishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan
aniqlangan kamchilik va qonun buzilishlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘rish bilan
cheklanmoqda.
Yuridik xizmat xodimlarining moddiy ta’minot darajasi mazkur sohaga oliy yuridik ma’lumot
va amaliy tajribaga ega yuqori malakali kadrlarni jalb qilishga to‘sqinlik qilmoqda, bu esa yuridik
xizmatlar ishining sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, demokratik
va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning roli va javobgarligini izchillik bilan
kuchaytirish maqsadida:
1. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib
quyidagilar belgilansin:
davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va
qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-
huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni
takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy tuzilmalari ishini
muvofiqlashtirish;
davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini
oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini, shu
jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organlari va
tashkilotlarining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan ularning hududiy tuzilmalarida, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan eng kam me’yor va mezonlarga
asosan, majburiy tartibda yuridik xizmatlar tashkil etiladi. Bunda yuridik xizmatning mavjud shtat
birliklarini qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Oldingi
 tahrirga qarang.


davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga adliya organlari xodimlariga
belgilangan martaba darajalarini berish, ko‘p yillik xizmat uchun ustamalarni to‘lash tartibi tatbiq
etiladi. Bunda yuridik xizmat xodimi faoliyat yuritayotgan tashkilotda qonunchilik hujjatlarida
belgilangan miqdordan yuqori ustama belgilangan taqdirda, xuddi shu shakldagi ustama to‘lash
yuqori miqdor bo‘yicha amalga oshiriladi hamda xarajatlar davlat organlari va tashkilotlarining
mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

Yüklə 148,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin