hujjatlar va ma’lumotlarni olish;
rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yig‘ilishlar, kengashlar va
majlislarda ishtirok etish;
rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki tegishli tuzilma rahbarining
roziligi bilan ularning
xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy
ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish;
qonunchilikka zid bo‘lgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ-
huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga
puxta ishlash uchun qaytarish, o‘z
e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida huquqiy xulosalar
berish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan birgalikda
ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;
Oldingi
tahrirga qarang.
davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarda
davlat organi va tashkiloti
vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini
o‘rganish;
(18-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-
61-sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning qonunchilik
hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud ularni buzayotgan
rahbarlari va xodimlarini
javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;
(18-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi
PF-61-sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
davlat
organi va tashkilotida, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda yoki davlat
organi va tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda,
shuningdek
ularning yakunlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan
huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish;
Oldingi
tahrirga qarang.
talabnoma-davo tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan
undirilgan summaning 5 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda mukofot olish.
(18-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-
5894-sonli
Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuridik xizmat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
(18-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi
PF-61-sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
19. Yuridik xizmat:
Oldingi
tahrirga qarang.
unga ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan funksiyalarni zarur
darajada va samarali bajarishi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-
61-sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda qonun
buzilishi holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri yuqori turuvchi organga,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar
berishi;
belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan o‘tishi shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuridik xizmat xodimi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
(19-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi
PF-61-sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
20. Yuridik xizmat o‘zi viza qo‘ygan hujjatlarning va o‘zi bergan
xulosalarning qonunchilikka
muvofiqligi uchun javob beradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuridik xizmat xodimi o‘z majburiyatlari va funksiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada
bajarilmaganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-
61-sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Dostları ilə paylaş: