Qarori yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 148,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix09.02.2023
ölçüsü148,6 Kb.
#83567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PQ 2733 сон 19 01 2017  Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish

(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-
61-sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
yuridik xizmat xodimi sifatidagi mehnat staji xodim boshqa davlat organlari, shu jumladan
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga ishga o‘tganda martaba darajalari va ko‘p yillik
xizmat ustamalarini to‘lash uchun mo‘ljallangan mehnat staji hisobiga olinadi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik xizmat xodimlariga qonunchilik hujjatlarida
nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-
61-sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining mazkur mutaxassislik bo‘yicha uch yillik
stajiga ega bo‘lgan xodimlari, litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor
shaxs sifatida malaka imtihonida tegishli stajirovka o‘tmasdan ishtirok etish huquqiga ega;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish har
uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlari tegishli ravishda O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida har uch yilda bir marta attestatsiyadan
o‘tadilar;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari tizimli ravishda tegishli soha
faoliyatidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasining amalga
oshirilishini tashkil etadi;
davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat faoliyatiga shartnomaviy-huquqiy asosda
advokatlarni jalb etish huquqiga ega.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari mazkur organlar va tashkilotlar
ishtirokida vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan majburiy tartibda choralarni
ko‘radilar;
buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa hujjatlarning
loyihalari huquqiy ekspertizani amalga oshirish uchun majburiy tartibda yuridik xizmatga taqdim
etiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan
davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan majburiy tartibda yuridik xizmatning
xulosasi olinishi lozim;
davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakati yoki
harakatsizligi yuzasidan berilgan shikoyatlar majburiy tartibda davlat organlari va tashkilotlarining
yuridik xizmatlari tomonidan ham ko‘rib chiqiladi;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va
lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda adliya organlari bilan kelishiladi;
adliya organlari yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablarini buzgan
davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari hamda yuridik xizmatlari xodimlariga nisbatan
intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega;
davlat organlari va tashkilotlarida har yili yuridik xizmatlarning mazkur davlat organlari va
tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylik ta’minlanishi ahvoli to‘g‘risidagi hisoboti
eshitiladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.


yuridik xizmat xodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti
foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq bazaviy hisoblash
miqdorining 50 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlanadi.
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi
PF-5894-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-
son)
4. Quyidagilar:
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizom 
1-ilovaga
muvofiq;
Yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi Nizom 
2-ilovaga
muvofiq
tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va
metodik ta’minlash, ularning xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va malakasini oshirish bo‘yicha
maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida qo‘shimcha 5 ta boshqaruv xodimi shtat
birliklarini ajratish yo‘li bilan Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik
ta’minlash boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma deb ataladi), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa, qo‘shimcha
14 ta boshqaruv xodimi shtat birliklarini ajratish yo‘li bilan tegishli sho‘balar tashkil etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oylik muddatda:
Boshqarmani davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari bilan ishlash tajribasiga
ega hamda o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini yuqori kasbiy darajada ta’minlay oladigan malakali
kadrlar bilan to‘ldirsin, shuningdek uni zarur moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini
tashkillashtirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda Yuridik xizmat xodimining ish joyini
moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi bilan birgalikda Adliya vazirligining rasmiy saytida joylashtiriladigan, davlat organlari va
tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi yagona, hamma erkin
foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazasini yaratsin hamda uning muntazam ravishda
yangilanib turilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan
moliyalashtiriladigan davlat organlari va tashkilotlarining xarajatlari smetalarida martaba darajalari
hamda ko‘p yillik xizmat uchun ustamalarni to‘lash, shuningdek mazkur qaror bilan belgilangan
davriylikka rioya etgan holda yuridik xizmatlar xodimlarining malaka oshirishlari uchun
sarflanadigan xarajatlarni nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oylik muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda davlat organlari
va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari shtat birliklari yetarliligini, ularning amalga
oshirilayotgan ishlar hajmiga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilsin, natijasi bo‘yicha yuridik xizmatlar
xodimlarining shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek yuridik xizmat xodimlarining
mehnatiga haq to‘lash razryadlarini davlat organlari va tashkilotlari tegishli tuzilmalarining
rahbarlariniki darajasiga qadar oshirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib
chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Axmedbayev zimmasiga
yuklansin.

Yüklə 148,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin