2-bob. Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalari
15. Quyidagilar yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
davlat organi va tashkilotining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni
ta’minlashni tashkil etish;
davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-
huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni
takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini
muvofiqlashtirish;
davlat organlari va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini
oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu
jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining
mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.
16. Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni
amalga oshiradi:
1) davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va
qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish sohasida:
a) davlat organi va tashkilotida, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini,
ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-
tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
b) davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar,
shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi
yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi.
Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy
tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
v) jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan
davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;
g) mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining
buyruqlari, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash
to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
d) davlat organi va tashkilotida, shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qo‘llash amaliyotini
o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va
rahbariyatga kiritadi;
e) davlat organi va tashkilotining boshqa tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi, tegishli
tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar,
takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
j) davlat organi va tashkilotida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga
kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash
bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
z) davlat organi va tashkilotida mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda,
shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi,
jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar
loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;
i) davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga davlat organi va tashkiloti faoliyatida qonun
ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;
k) davlat organi va tashkiloti xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga
vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatadi;
2) davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-
huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish,
shuningdek davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni
takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini
muvofiqlashtirish sohasida:
a) davlat organi va tashkilotining norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini
ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda
ishtirok etadi;
b) davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;
v) davlat organi va tashkilotining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud
ularni ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan
o‘tkazish va davlat ro‘yxatiga olish uchun yuborishda ishtirok etadi;
g) ekspertizadan o‘tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi,
ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining
asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarning
mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;
d) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza
qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy
tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
e) tizimli ravishda davlat organi va tashkilotining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi
normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashga
qaratilgan tahlilni o‘tkazadi;
j) davlat organi va tashkiloti faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Dostları ilə paylaş: |