Reja: Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. Ishlab chiqarish omillari va ularning
Iqtisodiyot 23.8 guruhi talabasi Asadov Samandar
Ishlab chiqarish jarayoni mazmuni omillari imkoniyatlari, natijalari va samaradorligi ?
Reja:
1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.
2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.
3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.
Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Jamiyat taraqqiyotini moddiy bazasi ishlab chiqarish bilan hosil qilinadi. Ishlab chiqarish mehnatga yaroqli bo’lgan ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini ko’tilishi va uni harakatga keltirilishi tufayli moddiy ne‘matlar hosil qilishdir.
Resurs - bu ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ishlatiladigan hamda qo’llaniladigan moddiy-ashyoviy bo’lib, tabiiy, moddiy, iqtisodiy, moliyaviy va hokazo kabi vositalardan tashkil topadi.
Inson faoliyati moddiy va nomoddiy ne‘matlar yaratishga qaratilar ekan, avvalo ishlab chiqarishni tashkil etmoq kerak. Ishlab chiqarishni tashkil etish resurslarni talab qiladi.
Ular quyidagilardan iboratdir:
Mehnat predmeti va mehnat qurollarini birga qo’shilishi ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish omillari barcha iqtisodiy tizimlarda amal qilib kelmoqda. Bu omillarga turlicha ma‘no berilgan. Masalan, “Siyosiy iqtisod” darsliklarida ishlab chiqarish omili 2 turga bo’lingan edi, ya‘ni:
1. Moddiy omil;
2. Shaxsiy omil.